Huawei yana oldinda: ilk qayrilma smartfonni shu yildayoq ko‘ramiz!

  •   DiMaX
  •  883
  •  10.04.2018 11:26

Huawei yana oldinda: ilk qayrilma smartfonni shu yildayoq ko‘ramiz!

Hozirda ko‘pchilik yetakchi smartfonsozlar qayrilma ekranga ega buklama smartfon tayyorlash ustida ishlashmoqda. Jumladan, janubiy koreyaliklar allaqachon buni aytib maqtanib ham qo‘yishgan.

O‘QING: iPhone X taqdimoti arafasida Samsung buklanuvchi ekranli smartfon haqida ma’lum qildi

Ammo DigiTimes nashrining fikricha, ulardan avval xitoyliklar «uloqni ilib» ketishadi. Nashr manbalari bergan ma’lumotlarga qaraganda, ko‘plab ishlab chiqaruvchilar qayrilma ekranli smartfonni birinchi bo‘lib yaratish uchun harakatlarini tezlashtirishgan. Shu bois, joriy yilning o‘zidayoq biz shunaqa form-faktorli qurilmani ko‘rishimiz mumkin.

Xabarga ko‘ra, bu borada «birinchi qaldirg‘och» bo‘ladigan modelni Huawei taqdim etadi. Ayni damda ham o‘z qurilmalaridagi turli ko‘pgina texnologiyalari bilan raqiblaridan oldinga o‘tib olayotgan bu xitoylik kompaniyadan buni kutsa bo‘ladi.

O‘QING: Apple va Samsung bu "xitoycha zarba"dan so‘ng tizzagacha yerga botdilar

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.