Huawei yon ekranli Mate 9 Pro modelini namoyish qildi

Huawei yon ekranli Mate 9 Pro modelini namoyish qildi

Android Headlines saytining yozishicha, kecha Xitoyning Huawei kompaniyasi QHD formatidagi ekranga ega  Huawei Mate 9 Pro modelini rasman namoyish etdi. Bundan taxminan ikki hafta avval kompaniya Mate seriyasidagi navbatdagi flagmanni e’lon qilgan edi.

Huawei Mate 9 Pro to‘liq metall korpus bilan o‘ralgan, barmoq izi skaneri, 5,5 dyuymli QHD ekran, HiSilicon Kirin 960 protsessori bilan jihozlangan. Model Galaxy S7 Edge kabi ikki tomondan qayirma ekranlarga ega. Leica tomonidan sertifikatlangan asosiy kamera 20 MPli monoxrom sensor va 12 MPli rangli sensordan tashkil topgan. Selfikameraning aniqligi – 8 MP. Batareyasining sig‘imi 4000 mA/st bo‘lib, so‘nggi Mate flagmanlaridan farq qilmaydi.

Model Android 7.0 Nougat dasturida ishlaydi, 4 GB operativ xotira va 64 GB doimiy xotira bilan ta’minlangan. Sotuvlari joriy haftada Xitoyda boshlanadi, narxi – 686 dollar.

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!