Huawei'ga qarshi navbatdagi zarba

Huawei'ga qarshi navbatdagi zarba

Kuni kecha AQSh hukumati Huawei'ning ishini yanada qiyinlashtiruvchi yangi cheklovlarni joriy qilish imkoniyatlarini ko‘rib chiqayotgani ma’lum bo‘ldi. Bunday choralar orasida TSMC ishlab chiqarayotgan chiplarning yetkazilishini blokirovka qilish ham ko‘zda tutilgan.

Ushbu qaror esa xususiy Kirin chiplaridan mahrum bo‘layotgan kompaniya uchun halokatli bo‘lishi mumkin.

Reuters nashrining xabar berishicha, yakuniy qaror hali qabul qilinmagan. Ammo, Tayvanning DigiTimes nashri TSMC Huawei bilan hamkorlikka cheklovlar qo‘yayotgani haqida ma’lum qildi.

Xususan, Tayvan chip ishlab chiqaruvchisi Huawei uchun ajratilgan kvotalarni chekladi. Ammo bu cheklov 5 nanometr va 3 nanometr texjarayonlar yordamida yaratiladigan protsessorlarga taalluqli emas. Ehtimol, TSMC'ning bunday xatti-harakati ishlab chiqarish quvvati yetishmasligi bilan bog‘liq bo‘lishi va bu yerda hech qanday siyosiy yo‘q bo‘lishi ham mumkin. Ammo kvota qisqartirilishi AQShning Huawei'ga yetkaziladigan chiplarni nazorat qilishni rejalashtirayotgani haqidagi mish-mishlar fonida amalga oshirilmoqda.Bir qator tahlilchilar xavotirlanishga asos yo‘qligini taxmin qilishmoqda. Ularning fikricha, chiplar blokirovkasi haqidagi gaplar esa shunchaki mish-mishdan boshqa narsa emas. Prezidentlik saylovlari arafasida Donald Trump mamlakat iqtisodiyotiga va iqtisodiy hamkorlar bilan munosabatlarga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan har qanday radikal choralarni qabul qilishdan manfaatdor emas.

O‘QING: Huawei endi Samsung’ga qaqshatqich zarba berish yo‘lini topdi!

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.