«Hukumat bolalar nigohida» saytining qoraqalpoqcha versiyasi ishga tushirildi

«Hukumat bolalar nigohida» saytining qoraqalpoqcha versiyasi ishga tushirildi

O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi rahbarligida «Hukumat bolalar nigohida» («Kids.Gov.uz») sayti qoraqalpoq tilida ishlay boshladi. Bu haqda Daryo.uz yozmoqda.

Endilikda yanada ko‘proq bolajonlar ushbu sayt orqali davlat nima degani, qanday vazirliklar bor, uni kim boshqaradi, nima uchun armiya kerak kabi ko‘plab savollarga javob olishi, shuningdek, hukumat tuzilishi haqida keng tushunchaga ega bo‘lishi mumkin.

кидс1-680x473

«Hukumat bolalar nigohida» loyihasi 2016 yil «Sog‘lom ona va bola yili» deb e’lon qilinishi munosabati bilan ishlab chiqilgan bo‘lib, loyihaning maqsadi axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini amaliyotga keng tatbiq etish, bolalarda «Davlat» va «Hukumat» haqida tasavvurlar, O‘zbekiston haqida umumiy tushunchalar shakllantirishga xizmat qiladi.

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!