Hyperloop – tezyurar transport olamidagi inqilob

Hyperloop – tezyurar transport olamidagi inqilob

“Hyperloop” kabi yuqori tezlikda rivojlanish jarayoni haqiqatga aylanib bormoqda.  Londonda bo‘lib o‘tgan kelajak transportlari haftaligida ma’lum qilinishicha, ikki-uch hafta ichida boshlang‘ich sinov ishlari uchun qurilishlar boshlab yuboriladi va ushbu yumushlarning 32 oy ichida yakuniga yetkazilishi ko‘zda tutilgan.

“Tesla” va “SpaceX” asoschisi Elon Mask Kaliforniya shtatining King shahri atrofida sinov uchun tashkil etiladigan maydon, yanada aniqroq aytganda, Los-Anjeles va San-Fransisko shahri oralig‘ining deyarli yarmida “Hyperloop” bilan uyushma tashkil etishni rejalashtirgan.

“Google” xaritasiga ko‘ra, 400 mil masofani bosib o‘tish uchun taxminan 6 soat vaqt kerak bo‘ladi. “Hyperloop”da esa yarim soat vaqt talab etiladi.

“XTT” va “Bibop”ning bosh direktori Gabriel Grestaning fikricha, “Hyperloop” kelajakda tasavvurimizdan o‘rin olgan sayohat haqidagi tushunchalarni o‘zgartirib yuborishi  mumkin.

“Hyperloop” inson organizmiga kamroq bosim tushishi uchun maxsus biriktirilgan quvurlarga ega. “Hyperloop” avtomobillari soatiga 760 km masofani bosib o‘tishi mumkin. Albatta, bunga ishonish biroz qiyin, shunday emasmi? Boshida “Hyperloop”ning foydalanuvchilari 160 mil/soat tezlikda haraktalanish imkoniga ega bo‘lgan. Bu esa har bir haydovchiga avtomobil poygalarida harakatlanayotgandek hissiyot berishi mumkin.

“XTT” mazkur loyihani ro‘yobga chiqarish uchun 150 mln. dollar miqdorida mablag‘ sarflashni rejalashtirmoqda. King Kaunti markazi esa transport tizimi yoritkichlarini sinovdan o‘tkazish uchun shamol, quyosh va kinetik energiyadan foydalanishni ko‘zda tutgan. Grestaning fikricha, “Hyperloop”ning sinov namunasidan 10 million yo‘lovchi foydalanish imkoniga ega bo‘ladi. Sayohat vaqtida yo‘lovchilar vakuum va magnit kuchi yordamida tirbandliklar yuzaga kelgan vaqtda boshqa yo‘nalishga burib yuboriladi. “Hyperloop”da ishlatilgan har qanday quvvat  tarmoqqa qayta sotilishi ham mumkin.

Ta’kidlash joizki, mazkur loyiha ustida 2013 yildan beri ish olib borilmoqda. Grestaning ma’lum qilishicha, garchi San Fransiskoda bu borada katta ishlarni amalga oshirishga imkoniyat yaratilgan bo‘lsa ham, “Hyperloop” AQShda qurilmaydi.

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!