IFA – 2016: Acer Predator 21 X – yengilmas yirtqich

IFA – 2016: Acer Predator 21 X – yengilmas yirtqich

Kecha Berlinda boshlangan IFA – 2016 ko‘rgazmasida Tayvanning Acer kompaniyasi Predator 21 X nomli egilgan ekranga ega baquvvat noutbukni namoyish etdi. Model, asosan, o‘yin noutbuki sifatida pozitsiyalanmoqda.

Predator 21 X noutbuk ishlab chiqarish sanoatidagi egilgan ekranli ilk gadjet hisoblanadi. Modelning ekranining kattaligi – 21-dyuym, 2560X1080 piksel aniqligidagi IPS matritsada ishlangan.

20160831_120348-100680118-large

Noutbuk Kaby Lake avlodidagi Intel Core mikroprotsessorlarida ishlaydi,  SLI texnologiyasidagi ikkita NVIDIA GeForce GTX grafik protsessorga ega.

Bitta yirik markaziy va ikkita grafik protsessorlarni sovitish uchun 5 ta ventilyator va ko‘plab issiqlik naychalari ko‘zda tutilgan. Chunki Core i7 va GeForce GTX 1080 juftligi 400 Vatt atrofida issiqlik ishlab chiqarganligi sababli Predator 21 X noutbukiga mukammal sovitish tizimi juda zarur.

acer_predator_21_x_internal_view-100680058-large

Nigoh bilan boshqarish funksiyasini tatbiq etish maqsadida noutbukka ishlab chiqaruvchi tomonidan Tobii EyeX sensorlari qo‘llanilgan. Hozirda bunday zamonaviy texnologiya The Division va yangi Deus Ex singari 40 dan ortiq o‘yinlarda qo‘llab-quvvatlanadi.

Internet tarmog‘iga ulanish uchun Acer Predator 21 X noutbuki Gigabit Ethernet porti va 2T2R 802.11ac Wi-Fi moduli bilan ta’minlangan. Shuningdek, qurilmaning ort tomonida ikki antennali Bluetooth datchigi ko‘zda tutilgan. Bundan tashqari, noutbukda USB Type-A, USB Type-C slotlari, audio kirish/chiqish hamda tashqi displeylarni ulash uchun 3 ta konnektor (ikkita DisplayPort 1.2, bitta HDMI) mavjud.

acer_predator_21_x_rear_half-closed-100680057-large

Gadjetning gabaritlari – 568 x 314,5 x 83,25 mm, og‘irligi – 8 kg.

Noutbukda hali taqdim etilmagan Kaby Lake avlodidagi Intel Core protsessorlaridan foydalanilganligi tufayli, qurilma sotuvga faqat 2017 yilning birinchi choragida chiqarilishi mumkin. Shuning uchun hozircha Acer yangi gadjetning barcha imkoniyatlari to‘liq namoyish etgani yo‘q. Ushbu turdagi gadjet faqat buyurtma asosida ishlab chiqarilish ham mumkin. Ayni vaqt noutbukning narxi to‘g‘risida ma’lumot berilmagan.

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!