IFA-2016: Ko‘k va qizil rangdagi Huawei P9 taqdim etildi

IFA-2016: Ko‘k va qizil rangdagi Huawei P9 taqdim etildi

Berlinda 5-marta bo‘lib o‘tayotgan yirik IFA-2016 ko‘rgazmasida xitoylik gigant 2 ta smartfon (Nova va Nova Plus) va bitta planshetni (MediaPad M3) namoyish etishi haqida xabar bergan edik. Ammo kompaniya yuqorida nomi keltirilgan gadjetlardan tashqari, ko‘k va qizil rangdagi Huawei P9 flagmanini ham muxlislar e’tiboriga havola etdi. Ushbu ikkita yangi rangdagi smartfonlar 549 yevro narxda sotuvga chiqariladi.

1472734177237

Huawei P9 va P9 Plus flagmanlarining taqdimoti shu yilning aprel oyida o‘tkazilgan edi. Gadjet Leica kompaniyasi bilan hamkorlikda ishlab chiqarilgan ikkitali asosiy kameraga ega.

Huawei P9 to‘liq metall korpus bilan o‘ralgan. Smartfonning qalinligi bor-yo‘g‘i 6, 95 millimetrni tashkil etadi.

1472734199270

Smartfonga 5,2 dyuymli Full HD (1080 x 1920 piksel) aniqligidagi IPS ekran o‘rnatilgan. Gadjetning old kamerasi – 8 MP. Huawei P9 3 GB tezkor va 32 GB doimiy xotiraga ega bo‘lib, Kirin 955 protsessorida ishlaydi. Akkumulyator sig‘imi – 3000 mA/st.

Kompaniya ko‘k va qizil rangli versiyalar ham xaridorlarga yoqishini ta’kidlamoqda.

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!