IIB samarqandlik blogerning mashinasi yoqib yuborilishi bo‘yicha ish ochdi

  •   DiMaX
  •  513
  •  21.12.2020 18:24

IIB samarqandlik blogerning mashinasi yoqib yuborilishi bo‘yicha ish ochdi

Samarqandlik avtobloger B.ning transport vositasiga o‘t qo‘yilgani ma’lum bo‘lgan edi. Viloyat Ichki ishlar boshqarmasi ma’lum qilishicha, bu voqea yuzasidan jinoyat ishi ochilgan, deb yozadi Xabar.uz.

O‘QING: UZIMEI binosidagi «bardak» haqida bloger: «Buni o‘ylab topganlar – islohotlarning dushmani!»

Samarqand viloyati IIB axborot xizmatiga ko‘ra, 16 dekabr kuni fuqaro M.B. Samarqand shahri bo‘yicha IIO FMB 6-son IIBga ariza bilan murojaat qilgan. U shu kuni soat 02:30 larda o‘zining yashash uyi yonida bo‘lgan avtomashinasi noma’lum shaxs tomonidan yoqib yuborilganligini ma’lum qilib, ushbu noma’lum shaxsga nisbatan qonuniy chora ko‘rishni so‘ragan.

Hozirda holat yuzasidan Samarqand shahri bo‘yicha IIO FMB huzuridagi TB tomonidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 173-moddasi 2-qism «b» bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

O‘QING: «UzAutoMotors»ga qarshi kampaniya boshlagan bloger Ichki ishlar bo‘limiga chaqirildi

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.