IIV: elektron propiska bo‘lmaydi

IIV: elektron propiska bo‘lmaydi

Bir necha kun muqaddam Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida doimiy propiskadan o‘tish uchun arizalarni elektron shaklda yuborish mumkinligi to‘g‘risidagi xabar paydo bo‘lgan edi. Mazkur yangilik elektron nashrlarda keng tarqalib, xalq tomonidan iliq qarshi olindi. Biroq oradan ma’lum muddat o‘tib, xabar matni o‘zgartirildi va endilikda fuqarolar ushbu xizmat yordamida faqatgina doimiy yoki vaqtinchalik ro‘yxatdan o‘tishda zarur bo‘ladigan hujjatlar namunalarini olish imkoniga ega bo‘lishdi.

O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi ham ushbu xabarni inkor etib chiqdi. Sputnik agentligining xabar berishicha, ayni paytda ayni paytda kimning aybdor ekanini topish imkonsiz — “Elektron hukumat”ni rivojlantirish markazi xodimlarimi yoki huquq-tartibot organlari vakillarimi? Har holda, odamlarning propiskani onlayn tarzda olishga bo‘lgan istagi naqadar yuqori ekani oydinlashib qoldi.

Shu munosabat bilan Sputnik muxbiri Ichki ishlar vazirligiga murojaat qildi. Unga fuqarolar propiska olish yoki ro‘yxatdan chiqish uchun shaxsan IIBBning kirish-chiqish va fuqarolikni rasmiylashtirish hududiy bo‘limlariga shaxsan borishlari lozimligini ma’lum qilishgan. Yangi taqdim etilgan elektron xizmat esa shunchaki boshqa hujjatlar bilan mazkur bo‘limlarga topshirilishi kerak bo‘lgan qaydnomani taqdim etadi.