IIV qidirilayotgan jinoyatchilar haqidagi ma’lumotlarni Facebook tarmog‘iga joylashtiradi

IIV qidirilayotgan jinoyatchilar haqidagi ma’lumotlarni Facebook tarmog‘iga joylashtiradi

O‘zbekiston IIV  huquqni muhofaza qiluvchi idoralari tomonidan respublika miqyosida va xalqaro qidiruvga berilgan jinoyatchilar haqidagi ma’lumotlarni ijtimoiy tarmoqlarda joylashtiradi, deb yozmoqda Sof.uz O‘zbekiston ichki ishlar vaziri Abdusalom Azizovga asoslangan holda.

“Yaqin vaqt ichida yana bir chorani qo‘llashni rejalashtirganmiz, barcha turdagi terrorchilar, jinoyatchilarga nisbatan xalqaro qidiruv e’lon qilamiz va boshqa mamlakatda ularga ish, joy bergan har bir fuqaro ularning kimligini bilishi uchun Facebookdagi ijtimoiy kanallar orqali ular haqidagi ma’lumotlarni tarqatamiz. Shunday qilamiz, deb o‘ylayman”, — dedi Azizov.

Toshkentdagi Xalqaro matbuot klubida O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev belgilab bergan O‘zbekistonni 2017-2021 yillarda rivojlantirish bo‘yicha strategiyaning ichki ishlar organlari faoliyatiga bag‘ishlangan anjuman o‘tkazildi.

Unda ichki ishlar vaziri Abdusalom Azizov, O‘zbekiston IIV YHXBB boshlig‘i Xolmatjon Saydaliyev, Toshkent ShIIBB huquqbuzarliklar profilaktikasi boshqarmasi boshlig‘i Dilshod Akramov ishtirok etdi. Yig‘ilishda shuningdek, inson huquqlari bo‘yicha Milliy markaz, nodavlat notijorat tashkilotlari, Bosh prokuratura, Adliya vazirligi, “Kamolot” YoIH, “Mahalla” jamoatchilik fondi va boshqa tashkilotlar vakillari ham qatnashdi.

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.