Ijodkorni chalg‘itmaydigan “aqlli yozuv mashinkasi” sotuvga chiqdi

Ijodkorni chalg‘itmaydigan “aqlli yozuv mashinkasi” sotuvga chiqdi

Hemingwrite kompaniyasi FreeWrite aqlli yozuv mashinkasi namoyish qilib, uning uchun buyurtmalar qabul qilish boshlanganini ma’lum qildi.

Yozuv mashinkasini faqatgina harf terish funksiyasiga ega kompyuter deyish mumkin. U oq-qora ekranli, to‘la mexanik klaviatura va bir million varaqli matnni sig‘dira oladigan ichki xotiraga ega.

Yana bir qulayligi – uning yordamida Wi-Fi aloqa tarmog‘i yordamida fayllarni Dropbox, Evernote hamda Google Drive kabi fayl saqlash va veb-xizmatlar ko‘rsatuvchi resurslarga tashlab, boshqa raqamli qurilmalarda o‘qish ham mumkin.

To‘g‘ri, aqlli qurilma zamonaviy texnologiyalarning bir qancha funksiyalari bilan ta’minlansa bo‘lar edi. Lekin kompaniya ixtirochilari bu mashnikadagi soddalikni qurilmada funksiyalarning ko‘pligi foydalanuvchining chalg‘ishiga sabab bo‘lishi bilan izohlashmoqda. Ayniqsa, yozishga kelganda ko‘p funksiyalilik ijodkorni maqsadidan uzoqlashtirishi mumkinligi aytilgan.

FreeWrite professional va havaskor yozuvchilar uchun ham ayni muddao. Unda yozishga kirishgan odam internet, surat, video yoki ijtimoiy tarmoqni ham unutib, ijodga sho‘ng‘iydi.

“Aqlli yozuv mashinkasi” $449 dollardan sotuvga chiqarilgan. Uni yetkazib berish mart oyidan boshlanadi.

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!