Ijodning bari shu yerda: yangi texnologiyalar ko‘p pul topishni o‘rgatadi

  •   Saroy
  •  1090
  •  08.09.2018 13:47

Ijodning bari shu yerda: yangi texnologiyalar ko‘p pul topishni o‘rgatadi

Bugungi kunda hamma ota-ona ham bolasi agar rok-yulduzi yoki Van Gog bo‘laman, desa  xursand bo‘lavermaydi. Shunga qaramay, raqamli texnologiya asrida bunday orzulardan aslo qo‘rqish kerak emas. Aksincha, nostandart kasb tanlaganidan xursand bo‘lish lozim. Zamonaviy ota –  ona avvalambor ommabap stereotiplardan voz kechishi lozim.

Rassomlar och bo‘lishi kerak

Ota-onalarda hayolida shunday tushuncha o‘rnashib qolgan. Go‘yo barcha rassomlar kambag‘al va nochor bo‘lishadi, ular rasmlari bilan oilani boqa olmaydi, deb o‘ylashadi. Ammo, unday emas.  Digital-kenglikda kitoblar, hajviy hikoyalar, video va stol ustida o‘ynaydigan o‘yinlar uchun illyustratsiya yaratib ham yaxshgina pul topish mumkin.

Masalan, joriy yilda rossiyalik  dasturchilar plastik va karton qog‘ozdan Badlands o‘yinini yaratib 35 ming AQSh dollari ishlab oldi. Yana bir misol:  rassomlardan tashkil topgan xalqaro jamoa o‘zlarining Skies of Fire deb nomlangan hajviy kitobi uchun 13 kun ichida 34 ming AQSh dollari ishlab topdi.  Loyihaning hayotga joriy qilinishini ko‘rmoqchi bo‘lgan  odamlarning o‘zlari dasturchilarga pul to‘laydi, shu bois, rassomlik san’atini unchalik zarur bo‘lmagan kasb, deb bo‘lmaydi.

Shunday yirik kompaniya bo‘lmish,  Blizzard ham bugungi kunda iqtidorli illyustratorlarni qidirib yuribdi. Ayni paytda korporatsiyada 32 ta rassom uchun bo‘sh ish o‘rni mavjud. 

Rabotlashish asrida aksariyat kasblar avtomatlashtiriladi, albatta. Ammo, TMT Investments kompaniyasi asoschisi German Kaplun o‘zining postlaridan birida kelgusida ijodiy kasblarga talab oshishi haqda yozgan: «Kelgusida qo‘li gul ustalar ko‘p pul topadi. Yog‘och uymakorligi yo‘li bilan haykalchalar, chiroyli qo‘g‘irchoqlarni yasash, o‘z qo‘llari bilan e’tiborni tortadigan sumkalar tikish yoki shunchaki chiroyli surat chizish, xullas qo‘l mehnati bilan ham yaxshigina daromad olish mumkin.  Hammo yoqda globallashish  va standartlashish ketayotgan bir paytda bir xillikdan qochib, boshqalardan ajralib turish, o‘ziga xoslikka intilish sababli qo‘l mehnati bilan tayyorlangan buyumlarning qadri ortadi».

Gadjet ishlab chiqaruvchilar zamonaviy bozorda digital-rassomlarga talab ortayotganini ta’idlamoqdalar.

Kompanii sovda rastalariga texnologik palitralar va mo‘yqalamlarni chiqarmoqdalar. Ko‘p sonli grafik planshetlardan tashqari, yanada takomillashgan qurilmalar paydo bo‘lmoqda.

 2016 yilda Microsoft dasturiy ta’minot o‘rnatilgan Surface monoblogini namoyish qildi. Undagi  28 dyuymli ekranni agar istasangiz  interaktiv xolstga aylantirishingiz mumkin, qarabsizki, stilus yordamida  monitorda surat chizib,  o‘zingizning shoh asaringizni yaratyapsiz-da. Har bir rassomga palitra zarurligini tushungan Microsoft monoblok komplektini rangni, kontrastni, mo‘yqalam qalinligini va yorqinlikni o‘zgartiradigan Surface Dial devaysi bilan to‘ldirdi.

Bunday mu’jiza uchun uch ming dollarni to‘lab qo‘yish “kambag‘al-nochor rassomlar”ga to‘g‘ri kelmaydi, albatta. Shunga qaramay qurilmaga talab katta va foydalanuvchilar u haqda faqat ijobiy fikrlarni aytmoqda.

Musiqachilar internet orqali yulduzga aylanadi

Bolalarining musiqaga qiziqishini hamma ota-onalar ham qabul qilavermaydi. Musiqa asboblari va studiyada yozish — bu anchayin qimmatga tushadigan mashg‘ulot, internet-qoroqchilik esa kompozitorlarning oxirgi nonini ham tortib olmoqda. Biroq zamonaviy internet-dunyosi talantlarni  platina albomlarisiz ham kashf eta oladi. 

Dasturiy ta’minot, kompakt uskunalar va turli plaginlar yordamida musiqachilar uyda ham kompozitsiya yaratayapti. Albom yaratish uchun esa musiqa studiyalariga va ovoz muhandislariga pul to‘lash shart emas. Guitar Rig dasturi qimmat apparaturalar o‘rnini bosadi, EZDrummer  barabanchi sifatida sizga yordam beradi, Cubase esa treklarni  mikshirovka qiladi. Yaratilgan kompozitsiyani istagan vaqtda  iTunes yoki Youtube’ga joylashtirishingiz mumkin. Bu esa qo‘shimcha daromad degani. 

Gitarachi Ola Englund mana 10 yildan oshdiki, uyida treklar yozadi.  Youtube kanali unga ijod va marketing uchun asosiy maydonga aylangan.  Yaqinda gitarachi o‘zining oltinchi albomini yozdi, musiqa asboblari ishlab chiqaruvchilari bilan bir nechta shartnoma imzoladi va vaqti-vaqti bilan gastrollarga chiqib,  dunyo aylanadi  hamda borgan joylarida master-klas o‘tkazadi.

Maluka taxallusi bilan tanilgan xonanda va kompozitor Judit de los Santos ham bunga yana bir misol bo‘la oladi. Meksikalik qiz The Elder Scrolls V: Skyrim o‘yinida aytiladigan Dragonborn Comes qo‘shig‘iga kaver yozgandan keyin mashhur bo‘lib ketdi.  

Youtube’ga qo‘yilgandan keyin qo‘shiq 20 million martadan ko‘p ko‘rildi va matbuotlarda ham rosa yozildi. Yozuv tufayli qizni Activision’ga trek va o‘yinlar yozish uchun taklif qilishdi. Hozirda Maluka bir qator loyihalarda ishtirok etmoqda. Shunday soundtreklardan biri  The Banner Saga strategiyasi uchun bo‘ldi.

Kompozitsiya keng tarqalgach, o‘yin yoki kino yaratuvchilari uchun har doim ovoz muhandislari va iqtidorli musiqachilar kerak. Frilanserlar va xizmatlar bozori hamkorlikda mualliflarga musiqa ijod qilishni taklif etmoqda. Pamperslar reklamasi bo‘ladimi,  Netflix seriali uchun musiqa yo‘lakchalari bo‘ladimi, farqi yo‘q.

Jjozef Gordon-Levittni hozir hamma xuddi gollivudning mashhur  aktyorlari kabi tanishadi. Biroq kinodagi rollaridan tashqari, ijod odamlari orasida kollaborativli ishlar – HitRecord uchun o‘zining servisini ham rivojlantirmoqda. Butun dunyodan musiqachilar bir-biri bilan hamkorlikda kompozitsiya yaratadilar va o‘z asarlari uchun buyurtmachilarni ham topadilar.

Videoo‘yinlarbu, yangi sport

Liquid jamoasi  2017 yilda  Dota 2 bo‘yicha chempionatda g‘olib bo‘lib, 11 million dollar atrofida mablag‘ ishlab oldi.

Ota-onalar hammasidan ham farzandlarining videoo‘yinlarga bog‘lanib qolishidan havotir olishsa kerak. Hovlida sayr qilish foydalidir, lekin monitor qarshisida dam olish ba’zan ishga aylanishi mumkin, yana pul topar ishga. 

Sichqoncha va klaviatura ustalari kibersportni tobora ommalashtirmoqda. Ayni paytda bu sport mashhurlik borasida boshqa sport turlaridan orqada qolayotgani yo‘q. Kibersport musobaqalari millionlab tamoshabinlarni yig‘moqda, sportchilarning gonorarlari esa o‘n minglab dollarni tashkil etmoqda. Ammo ota-onalar uchun bolalarining kelgusida haqiqatan ham kibersportchi bo‘ladimi yoki shunchaki kompyuter ishqibozi bo‘ladimi, aniqlashi qiyin. Shu sababli AQShda ota-onalar bolalari uchun hatto murabbiy yollaydilar. O‘yin murabbiylarining o‘rtacha narxi soatiga 20 dollar, ammo ota ham, ona ham pulni ayashmaydi, ishqilib  farzandi rivojlansin. 

Ota-onalar bolasining kompyuter ustasi bo‘lishini istashadi, lekin o‘yin yarataman desa havotirga tushadi. Katta avlodning aksariyat vakillari  videoo‘yinlarni bekorchilar uchun ermak deb biladilar. Ammo bugungi kunda videoo‘yin yaratuvchilari daromad borasida kinoishlab chiqaruvchilari va avtomobilsozlik kompaniyalari bilan bo‘ylashmoqda.

Dasturchilar videoo‘yinlarni yaratishga millionlab dollar sarflamoqda. Ularning erishgan natijalari esa hatto  katta –katta biznes vakillarining ham havasini keltirmoqda. Detroit byudjeti: Become Human 30 millionov dollarga baholandi, so‘nggi GTA daromadi  «Avatar» va «Titanik»ning kassa yig‘imi bilan tenglashdi. O‘yin yaratuvchi studiyalar milliardlab dollar ishlab topmoqdalar. Lekin bunday natijani saqlab turish uchun ularga har doim iqtidorli dasturchilar, dizaynerlar va ssenaristlar kerak. Shunday ekan, ota-onalar uchun muhimi, bolalarni faqat o‘yinga beriltirmasdan, balki o‘zining loyihalarini yaratishga ham jalb qilishdir.

Gamemaker va RPG Maker dasturlari o‘yin yaratish kasbini o‘qitishni noldan boshlaydi va hozirgacha o‘nlab yirik loyihalarni dunyoga tanitdi. Ayni paytda undan  butun dunyo bo‘ylab fanatlari daromad ko‘rmoqda. 

Steam platformasi ochiqligi tufayli o‘yin yaratish ishqibozlari soni borgan sari ko‘payib bormoqda. O‘yin xizmati o‘zingiz yaratgan o‘yinlarni butun dunyoga sotish imkonini bermoqda. Masalan 14 yoshli  Nikita Pashinskiy o‘zi yaratgan o‘yinni mazkur platformaga joyladi. Unchalik murakkab bo‘lmagan Samoliotik arkadasi o‘yinchini jangovar samolyotga o‘tirg‘izib, Gitler bilan jang qilishga jo‘natadi. Bir oy ichida bolakay to‘rt ming dollar ishlab oldi. Nikitaning aytishicha, ota-onasida uning videoo‘yinlarga berilishiga bo‘lgan munosabati, qachonki, u ishlab topgan pulini dadasining hisob kartasiga o‘tkazganidan keyin ijobiy tomonga o‘zgargan.