Ijtimoiy tarmoqda romsiz ekranli iPhone 8 chizmasi tarqaldi

Ijtimoiy tarmoqda romsiz ekranli iPhone 8 chizmasi tarqaldi

Xitoyning Weibo ijtimoiy tarmog‘ida iPhone 8 smartfoni tasvirlangan chizma e’lon qilingan. Chizmaga ko‘ra, Apple’ning yangi flagmanida old panel deyarli to‘liq displeydan iborat va tugmadan xoli.

iPhone 8 devaysi hozircha so‘nggi ayfon bo‘lgan 5,5 dyuymli iPhone 7 Plus flagmanidan tubdan farq qiladi. Jumladan, yangi smartfon orqa panelidagi qo‘sh ob’yektivli kamera ham yonma-yon emas, ustma-ust joylashgan. Kamera moduli ostida esa LED-fotochaqnog‘i mavjud. Suratga ko‘ra, iPhone 8’ning displey diagonali 5,5 dyuymli bo‘ladi.

Chizmadagi iPhone 8’ning va uning ayni paytda bozorga chiqarilgan raqiblarining o‘lchamlari:
iPhone 8: 149,5 x 72,5 x 8,6 mm;
Samsung Galaxy S8: 148,9 x 68,1 x 8 mm;
LG G6: 148,9 x 71,9 x 7,9 mm.

iPhone 8 taqdimoti sentyabrda kutilmoqda. Biroq, flagman namoyishi ishlab chiqaruvchi ayni kunlarda jiddiy bosh qotirayotgan, foydalanuvchining yuzini skaner qiluvchi 3D-kamera texnologiyasining to‘liq ishlab chiqarilishi va tatbiq qilinishiga bog‘liq.

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!