Ijtimoiy tarmoqda marketing asoslari bo‘yicha vebinarga marhamat!

  •   DiMaX
  •  1025
  •  03.05.2018 19:39

Ijtimoiy tarmoqda marketing asoslari bo‘yicha vebinarga marhamat!

Tobora taraqqiy etayotgan marketing sohasi internet imkoniyatlaridan ham keng foydalanadi. Jumladan, O‘zbekistonda ham ommalashgan ijtimoiy tarmoqlarda marketing yuritishning ahamiyati katta.

O‘QING: Ijtimoiy tarmoq marketingi sirlari: Tez tarqaluvchi kontentlar qanday bo‘ladi?

Joriy yilning 22 may sanasida tashkil etilayotgan «Ijtimoiy tarmoqda marketing – boshlang‘ich dastur» mavzusidagi vebinar qiziquvchilarga ayni shu yo‘nalishdagi boshlang‘ich bilimlar va yo‘riqnomalar berishni maqsad qilgan. Unda ijtimoiy tarmoqda marketing asoslari, ishni boshlash uchun kerakli bo‘lgan ma’lumotlar haqida sizga marketolog Saidazim To‘ychibayev so‘zlab beradi.

Vebinar spikeri Saidazim To‘ychibayev haqida qisqacha ma’lumot beradigan bo‘lsak, u marketing sohasida 4 yildan ortiq, reklama biznesida esa 8 yildan oshiq ish tajribasiga ega. Reklama agentligi asoschisi, «Dolcetto – sweet bakery cakes»da marketolog, «Pulp and Paper» hamda «Nilpak»da marketing bo‘limi boshlig‘i.

2018 yil 22 may kuni, soat 19:00 da boshlanadigan «Ijtimoiy tarmoqda marketing – boshlang‘ich dastur» mavzusidagi vebinar onlayn translyasiya qilinishi ko‘zda tutilgan. Onlayn translyasiya homiysi – sizga sevimli «Terabayt.uz» sayti.

Mazkur vebinarda ro‘yxatdan o‘tish uchun ushbu havola bo‘ylab o‘tishingiz mumkin: http://camon.uz/webinars/tojchibaev-saidazim/

O‘QING: «Mangu» pikcyellari: kriptovalyuta emas, balki milliy kristavalyuta!

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!