Ikki ko‘zli LG G6 modelining ishonchli surati e’lon qilindi

Ikki ko‘zli LG G6 modelining ishonchli surati e’lon qilindi

Bundan bir necha hafta ilgari LG kompaniyasining navbatdagi flagmani – LG G6 modelining taqdimot sanasi haqida ma’lum qilgan edik. Bugun esa marzkur modelga tegishli sifatli suratlar internet tarmog‘ida e’lon qilindi.

Masalan, Ferra nashrining qayd etishicha, surat anonim manba tomonidan jurnalistlarga jo‘natilgan.  Suratdagi qo‘sh kamerali LG G6 xuddi iPone 7 Jet Black singari yaltiroq qora rangda.

Avvalroq oshkor etilgan ma’lumotlarga ko‘ra, flagmanga 5,7 dyuymli 18:9 nisbatli QHD+LCD displey (564 ppi), ilg‘or Snapdragon 835 protsessori va USB-Type C sloti o‘rnatiladi. Barmoq izi skaneri korpusning orqa tomonida joylashgan.

Eslatib o‘tamiz, flagman 2017 yilning 26 fevral sanasida MWC ko‘rgazmasi doirasida namoyish etilishi kutilmoqda.

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!