Ikkinchi Global tadbirkorlik haftaligi start oldi!

Ikkinchi Global tadbirkorlik haftaligi start oldi!

Bu yil ikkinchi marotaba o‘tkazilyotgan Global tadbirkorlik haftaligi (Global Entrepreneurship Week) – bu butun dunyo tadbirkorlari uchun yangi g‘oyalarni izlashda 160 GEN (Global tadbirkorlik tarmog‘i) mamlakatlarini birlashtiradi. Yetuk biznesmenlar, yosh tadbirkorlar, moliya institutlari, investorlar, biznes uyushmalari, talabalar, frilanserlar va boshqa manfaatdor tomonlarni bir platformada birlashtirish maqsadida Global tadbirkorlik haftaligi tashkil etilgan. 12 noyabr kuni xaftalikning ochilishi bo‘lib o‘tdi. Shu kunning o‘zida Ground Zero kovorking markazida “Soliqlar va biznes” mavzusida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Фото: gew.genuzbekistan.uz

– Haftalikning asosiy maqsadi -  bu birinchi o‘rinda O‘zbekistonda tadbirkorlikni yanada rivojlantirish, shuningdek, xaftalik doirasida o‘zining shaxsiy biznesiga ega bo‘lgan taniqli tadbirkorlar o‘zlarining malakalarini yoshlar bilan baham ko‘rishdir. Ular ishtirokchilarga tadbirkorlik sirlari, liderlik,  omma oldida nutq so‘zlash, tashabbuskorlik kabi xususiyatlarini oshirishga yordam beradi. Kerakli bilim va tajribalarini baham ko‘radi. Bu yosh tadbirkorlarga nima beradi? Albatta, ularga risk qilishdan qo‘rqmaslik, maqsadni aniq qo‘yish, tadbirkorlik bilan shug‘ullanish uchun kerakli ko‘rsatmalarni beradi,– deydi tadbir tashkilotchilaridan biri, Xalqaro biznes va texnologiyalar uyushmasi direktori o‘rinbosari Shuhrat Azimov.
Фото: gew.genuzbekistan.uz

 

Global tadbirkorlik haftaligi startaplar, ta’lim va martaba, moliya, ayollar tadbirkorligi, biznesni kengayishi va o‘sishi, turizm, marketing, axborot-kommunikatsiya texnologiyalar kabi ko‘plab sohalarni o‘z ichiga oladi. 2018-yil 12-noyabrdan 18-noyabrgacha, treninglar, taqdimotlar, mahorat-darslari, konsertlar, B2B-uchrashuvlari, telemostlar, vebinarlar va turli xil biznes mavzularda muhokamalar bo‘lib o‘tadi.

– Bilasizmi, “Global tadbirkorlik tarmog‘i(GEN)” qoshidagi “Tadbirkorlik xaftaligi” ikkinchi marta o‘tkazilmoqda. Bu tadbirni O‘zbekistonni “Global tadbirkorlik tarmog‘i”ga ko‘shilganidan keyin, yetakchi tadbirkorlar bilan birgalashib o‘tkazishga qaror qilgandik. Albatta, zamonaviy raqobatbardosh biznesni shakllantirish uchun O‘zbekistonda nimalar yetishmyapti, degan savolga to‘xtaladigan bo‘lsak, birinchi navbatda, menimcha, bilim, ko‘shimcha biznes ko‘nikmalari va raqobatbardosh mahsulot yoki xizmat ko‘rsatishni o‘rganish insurlari kamlik qilmoqda. Ko‘p yil davomida O‘zbekistonlik tadbirkorlar chet ellik tadbirkorlar bilan bevosita tanish bo‘lmagan. Ular bilan hamkorlik qilishmagan. Buni hisobiga, albatta, dunyoda bo‘layotgan global o‘zgarishlardan sal behabar qolib ketganmiz. Shu haftalik yordami bilan maqsadimiz O‘zbekistondagi tadbirkorlarni bitta maydonchaga birlashtirish! Muhim jihati shundaki, kuvvati bor, o‘sib kelayotgan yosh yigit-qizlarimizni tadbirkorlikka undashdir! Yetti kunga bo‘lingan xaftalik davomida turli yo‘nalishlarda, turli joylarda, hususan, uchtasi kovorking markazlarida, Oliy talim muassasalarida, Yoshlar ittifoqi markazida utkaziladi. Shuningdek, xaftalik doirasida AKT uchun alohida bag‘ishlangan yo‘nalishimiz ham bor. Hususan, Estoniyadan o‘ndan ortiq juda ham kuchli tadbirkor va AKT mutaxassislari keladi. Ular xakaton o‘tkazishadi. Unga yoshlarimiz yozilishlari mumkin. Dasturlash, zamonaviy innovatsion texnologiyalar bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarini oshirshlari mumkin bo‘ladi. Bu tadbir ingliz tilida bo‘lib o‘tadi. Sababi hozirgi yoshlarimiz, ayniqsa, dasturchilarimiz ingliz tilini yaxshi biladi,– deydi Global tadbirkorlik tarmog‘i direktori, tadbirkor Hikmat Abdurahmonov.

Фото: gew.genuzbekistan.uz

Фото: gew.genuzbekistan.uz

Ma’lum bo‘lishicha,tadbirlarda O‘zbekistonning yetuk tadbirkorlari, xorijiy ishbilarmonlar, biznes va ekotizim sohasidagi mutahassislar, O‘zbekiston va xorijiy davlat idoralari vakillari, shuningdek xalqaro tashkilotlar vakillari so‘zga chiqishadi. Xorijiy ma’ruzachilar orasida Jozef Kennet Zeigler, Rockstarz Azia(Singapur) direktori, Georgiy Sxakayya, GLCC Solutions asoschisi(Gruziya), Bobbi Xenebri, Henebry Blockchain & Cryptocurrency Consulting, LLC’ning bosh direktori, Faris Alami, International Strategic Management’ning bosh direktori(AQSh), D-r Sergey Tantushyan, Cooperation of Eurasia Partnership Foundation(Armaniston), Buke Chuxadar, Global tadbirkorlik tarmog‘i(GEN) vitse-prezidenti, Yaroslav Romanchuk, “Strategiya” analitik markazi ijrochi direktori, Tadbirkorlikning rivojlantirish bo‘yicha prezident Kengashi a’zosi(Belarussiya), Eduard Yakubov, Xolon Texnologiya Universiteti prezidenti(Isroil) kabi biznesmenlar va boshqalar ishtirok etishlari kutilmoqda.

Haftalikninig har bir kuni auditoriya manfaatlarini ko‘proq qamrab olish uchun alohida mavzularga bag‘ishlangan:

12.11.2018 (dushanba) Biznes ushrashuv va muzokaralar kuni

13.11.2018 (seshanba) Tadbirkorlik ekotizimni rivojlantirish kuni

14.11.2018 (chorshanba) Toshkentdagi investitsiyalar va biznes kuni

15.11.2018 (payshanba) Innovatsiyalar va startaplar kuni

16.11.2018 (juma) Moliya va investitsiyalar kuni

17.11.2018 (shanba) Biznesda ijtimoiy javobgarlik kuni

18.11.2018 (yakshanba) Madaniyat va O‘zbekistonning hududlari bilan tanishish kuni

Ikkinchi Global Tadbirkorlik Haftaligi start oldi! Xaftalik doirasidagi qiziqarli ma’lumotlarni saytimizdan, shuningdek, Global tadbirkorlik tarmog‘ining rasmiy saytidan, telegram, instagram, facebook sahifalaridan ham bilib olishingiz mumkin.

UQING: Blokcheyn texnologiyalari bilan bog‘liq nizolarni xalqaro arbitraj orqali hal etish tashkil etiladi

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!