Ilk buklama smartfon: shunchaki qimmat emas – “super” qimmat

  •   Saroy
  •  2979
  •  16.06.2018 13:08

Ilk buklama smartfon: shunchaki qimmat emas – “super” qimmat

Xuddi kitobga o‘xshatib ochib, yopib qo‘yadigan buklama smartfon haqidagi anchadan buyon gap-so‘z yuradi. So‘nggi ma’lumotlarga qaraganda, bunday qurilmalarni ishlab chiqaradigan eng birinchi kompaniya  Samsung bo‘ladiganga o‘xshaydi. Mazkur model Galaxy X, deb ataladi va u nafaqat qimmat, balki “super” qimmat bo‘lishi kutilmoqda.

O‘QING: Galaxy S9 va S9+ savdosida muammolar kuzatilmoqda

Tahlilchilarning so‘zlariga qaraganda,  qimmat smartfonning narxi hozirgi flagmanlardan ikkitasining narxida bo‘ladi. Golden Bridge Investment kompaniyasi vakillarining hisob-kitobiga ko‘ra, buklama smartfonning bahosi 1850 dollar atrofida. Masalan,  Galaxy S9 — 720 dollar, Galaxy S9+ — 840 dollar.

Qimmatliligini hisobga oladigan bo‘lsak, demak smartfon cheklangan nusxada chiqarilsa kerak.

O‘QING: Samsung Galaxy Note 9 akkumulyatori yanada kuchli bo‘ladi

Mish-mishlarga qaraganda, Galaxy X kelasi yil fevral oyi oxirida o‘tkazilishi mo‘ljallangan  Mobile World Congress 2019 ko‘rgazmasida namoyish etiladi.

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.