Ilon Mask o‘zga sayyorada Yerdan mustaqil shahar qurmoqchi!

  •   DiMaX
  •  550
  •  22.10.2020 17:39

Ilon Mask o‘zga sayyorada Yerdan mustaqil shahar qurmoqchi!

Amerikalik tadbirkor, SpaceX kompaniyasi rahbari Ilon Mask Mars sayyorasida Yerdan to‘liq mustaqil bo‘lgan shahar qurish rejasini ma’lum qildi. Milliarderning qayd etishicha, ayni paytda Marsda quriladigan uylarning bir nechta loyihasi ustida ish olib borilmoqda. Bu haqda «Korrespondent.net» xabariga tayanib Daryo nashri yozmoqda.

O‘QING:  UChRAShIB QOLSAK: o‘zga sayyoraliklar bizni tushunmasa, biz ularni tushunmasak..?

Maskning fikricha, bunday shaharni Yerda falokat yuz berishidan oldin qurishga ulgurish kerak. Falokat sifatida Uchinchi jahon urushi, asteroidlar bilan to‘qnashuv yoki supervulqon otilishi nazarda tutilgan.

«Sivilizatsiya o‘ta kuchli ko‘rinmayapti, u hozir omonat turganga o‘xshaydi», — deya ma’lum qilgan SpaceX rahbari. Maskning aytishicha, Marsda o‘z-o‘zini ta’minlaydigan shaharning qurilishi uning hayotligida yuz berish ehtimoli kam.

Ilon Maskning so‘zlariga ko‘ra, Starship kosmik kemasi to‘rt yildan keyin qizil sayyoraga ekipajsiz yo‘l olishi mumkin.

O‘QING: O‘zga sayyoraliklar chindan bormi? Jumanazar akaga ishonish uchun 10 sabab

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!