Ilon Mask o‘zining elektr samolyoti konseptini oydinlashtirdi

  •   Saroy
  •  606
  •  08.09.2018 12:03

Ilon Mask o‘zining elektr samolyoti konseptini oydinlashtirdi

Tesla rahbari Ilon Maskning ishonchi komilki, uning elektr samolyoti  vertikal uchish va qo‘nish qobiliyati bilan (VTOL) boshqa istalgan anologidan ustun bo‘ladi.  Apparat katta yuksaklikda tovushdan ham tez uchishga mo‘ljallangan.

Maskning ta’kidlashicha, vertikal ko‘tarilish va qo‘nish uchun foydalaniladigan tizim odatda yuqori tezlik bilan parvoz qiluvchi apparatlarga to‘g‘ri kelmaydi. Uning fikricha, quvvat faqat apparatning yuqoriga ko‘tarilib olishi uchun sarflanishi kerak, qo‘nishda esa  Yer gravitatsiya kuchidan foydalanish mumkin. Ammo,  Tesla va Space X kompaniyasi Bosh direktorining  tan olishicha, samolyot uning uchun asosiy yo‘nalish hisoblanmaydi.

«Eng muhimi elektr avtomobillar, eng muhimi quyosh energiyasi, eng muhimi energiyani doim saqlaydigan ombor. Samolyotni keyinga qoldiramiz», — deydi Mask. Xullas, u insoniyatning qazib olinadigan yoqilg‘iga  bog‘lanib qolganiga yomon munosabat bildirdi va barqaror energiyaga o‘tishni tezlashtirishni ita’kidladi.

«Uzoq istiqbolda neft tugaydi. Biz barqaror energetik transport infratuzilmasini qaror toptirishimiz kerak. Hozircha bu jarayon juda sust bormoqda», —deya ta’kidladi Tesla asoschisi.

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!