Ilon Mask: "qush ozod qilindi"

Ilon Mask:

Tesla va SpaceX yetmagandek, Ilon Mask endi Twitter'ga ham egalik qiladi. Milliarder ijtimoiy tarmoq kompaniyasini sotib olish kelishuvini olti oylik bahslardan so'ng vanihoyat yakunladi. "qush ozod qilindi" deydi Mask o'zining rasmiy Twitter sahifasida. Nafaqat qush, balki Mask Twitter'ning bir nechta katta rahbarlarini ham o'z lavozimidan ozod qildi (The Verge orqali).

Ma'lum bo'lishicha, Jek Dorsidan keyin Twitter bosh direktori lavozimini egallagan Parag Agraval va Twitter'ning bosh moliya direktori Ned Segal'ni ishdan bo'shatilgan. Reuters'ga ko'ra ularni ofisdan xavfsizlik xodimlari tashqariga "kuzatib qo'yishgan". Ilon Mask o'zi oshkora tanqid qilgan Twitter'ning siyosat boshlig'i Vijaya Gadde ham ishdan olingan. Bosh maslahatchi Shon Edgett ham ketdi, deya xabar bermoqda The New York Times (Bloomberg'ning qo'shimcha qilishicha, uni ham xavfsizlik xodimlari kuzatib qo'yishgan). Qolaversa, mijozlar bo'yicha bosh direktor, Sara Personet ham o'z lavozimidan ozod qilingan.

Ammo, ular quruq bilan ketishmagan va ishdan olinganliklari uchun ehtimol hayotlari davomida ko'rmagan to'lovni qabul qilishgan. Insider bergan ma'lumotlarga ko'ra, Agraval 38,7 million dollar, Segal 25,4 million dollar, Gadde 12,5 million dollar va Personette esa 11,2 million dollar olgan.

Xabarlarga ko'ra, Ilon Mask Twitter kodini tekshirish uchun ba'zi Tesla injinerlarini ham olib kelgan. Hozircha milliarder Twitter'ga qanday o'zgartirishlar kiritirishi haqida biron nima deyish qiyin, lekin Ilon Mask ijtimoiy tarmoq moderatsiyasi, yoxud Donald Trumpni platformadan ban qilish kabi Twitter siyosatlarini yumshatishi mumkinligi aytilmoqda. Bundan avval Mask Twitter’dan hamma narsaga ega "X" ilovasini yaratish uchun foydalanishi haqida aytgan edi.

O'QING: Ilon Mask Twitter bosh qarorgohiga suvchanoq (rakovina) ko‘tarib keldi 

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!