Inha abituriyentlari imtihondagi natijalarini ko‘rishlari uchun onlayn tizim ishga tushirildi

Inha abituriyentlari imtihondagi natijalarini ko‘rishlari uchun onlayn tizim ishga tushirildi

Toshkent shahridagi Inha universitetining 2016—2017 o‘quv yili uchun kirish imtihonlaridan muvaffaqiyatli o‘tgan abituriyentlar ro‘yxati 12 avgust kuni e’lon qilingandi.

Sof.uz‘ning yozishicha, Koreyadagi Inha universiteti qoidalariga ko‘ra, imtihon natijalarini faqatgina abituriyentlarning o‘zi ko‘rishi kerak. Bu esa imtihondan o‘ta olmaganlarning ma’lumotlarini saqlash uchun kerak bo‘ladi.

Shu bois, talaba bo‘lganlar ro‘yxati e’lon qilinganda, barcha abituriyentlarning natijalari ma’lum qilinmagandi.

16 avgust kuni esa abituriyentlar imtihonda olgan natijalarini bilishlari uchun maxsus onlayn tizim ishga tushirildi. Quyidagi havolalar orqali natijalarni bilish mumkin:

Abituriyentlar o‘z natijalarini bilishlari uchun universitetda ro‘yxatdan o‘tayotganda berilgan ID raqami, pasport raqami (misol uchun: AA0000000) va tug‘ilgan sanalarini (yil-oy-kun) kiritishlari kerak bo‘ladi.

Shu bilan birgalikda, apellyasiyaga yozilish imkoniyati borligini ham eslatib o‘tamiz. Buning uchun avvaldan 289 99-99 (0 400) raqami orqali yoki [email protected] elektron pochtasiga xabar yuborib, yozilish kerak.

Apellyasiya 18 19 avgust kunlariga rejalashtirilgan.

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.