Inha universiteti "Dasturlash soati" aksiyasini o‘tkazadi

Inha universiteti

2018 yilning 4 sentyabr kuni Toshkent shahridagi Inha universiteti 9 yoshdan yuqori bo‘lgan bolalar uchun “Dasturlash soati” aksiyasini o‘tkazadi, deya xabar berilmoqda universitet saytida.

Aksiya O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 27 yilligi munosabati bilan o‘tkazilmoqda.

2015 yilda Toshkent shahridagi Inha universiteti 9 yoshdan 15 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun “Codecraft” loyihasini ishga tushirdi. Loyihaning maqsadi – bolajonlarning barcha salohiyatlarini ro‘yobga chiqarib, kompyuterda ijodiy ishlarni bajarishga o‘rgatishdir.

Hozirda loyiha doirasidagi dasturlash kurslari “Scratch” tilida o‘tilib, “MIT App Inventor 2” platformasidagi “Android” mobil ilovalari asosida veb-saytlarni yaratish o‘rgatiladi.

10 sentyabr kuni bo‘lib o‘tadigan aksiya davomida qatnashchilar bir soat ichida o‘yinlarni, mobil ilovalarni yoki veb sahifalarni yaratish bo‘yicha boshlang‘ich bilimlarni  olishadi.

Aksiyada ishtirok etishni istaganlar http://codecraft.uz/hour-of-code/ sayti orqali ro‘yxatdan o‘tishlari shart. Joylar soni cheklangan.

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.