Inha universiteti talabalarni «Stajirovkalar va kareralar yarmarkasi»ga taklif qilmoqda

Inha universiteti talabalarni «Stajirovkalar va kareralar yarmarkasi»ga taklif qilmoqda

Toshkent shahridagi Inha universiteti «Terabayt.uz» jamoasini o‘quv dargohi tomonidan tashkillanayotgan «Stajirovkalar va kareralar yarmarkasi» (Internship & Career Fair IUT 2018) jarayonini yoritishga taklif qilmoqda.

Ta’lim va ishlab chiqarish jarayonini uyg‘unlashtirish hamda ish beruvchilar, ish izlovchilar va talabalar manfaatini birlashtirish maqsadida tashkil qilinayotgan ushbu yarmarka 2018 yil 14 aprel kuni Inha universiteti hududida bo‘lib o‘tadi. «Stajirovkalar va kareralar yarmarkasi»da axborot-texnologiyalari sohasidagi kompaniyalar va tashkilotlar vakillari ishtirok etishi kutilmoqda.

«Stajirovkalar va kareralar yarmarkasi» har yili tashkil qilinib, uning asosiy maqsadi Toshkent shahridagi Inha universiteti va boshqa axborot-texnologiyalari yo‘nalishidagi ta’lim muassasalari talabalarining mamlakatda axborot-texnologiyalari sohasida faoliyat yuritayotgan kompaniya va tashkilotlarda amaliyot o‘tashi uchun sharoit yaratish hamda kelgusi mehnat faoliyati imkoniyatlarini kengaytirishga qaratilgan.

Axborot-texnologiyalari sohasidagi kompaniyalar vakillari yarmarka davomida ish izlovchilar bilan suhbatlar uyushtirishi, shuningdek, amaliyotlar o‘tash va karera boshlash istiqbollari to‘g‘risida ma’lumotlar taqdim qilishi rejalangan. Kompaniyalar o‘z faoliyati haqida taqdimotlar o‘tkazishi uchun har qanday sharoitlar yaratiladi. 

Yarmarka 14 aprel kuni soat 10:00 dan 15:00 ga qadar Toshkent shahridagi Inha universiteti binosida o‘tkaziladi. Manzil: Ziyolilar ko‘chasi - 9, B-blok.

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!