Inha universiteti uzluksiz ta’lim tayyorlov kurslarining filialini ochdi

  •   DiMaX
  •  584
  •  18.02.2019 17:52

Inha universiteti uzluksiz ta’lim tayyorlov kurslarining filialini ochdi

17 fevral kuni poytaxtimizning Uchtepa tumanidagi «High profile education» ta’lim markazi negizida Toshkent shahridagi Inha universiteti qoshidagi uzluksiz ta’lim tayyorlov kurslari filialining tantanali ochilishi marosimi bo‘lib o‘tdi. Bu to‘g‘rida universitetning rasmiy sayti ma’lum qilgan.

O‘QING: O‘zbekistonda DigiGirlz High Tech Camp Uzbekistan dasturi bo‘lib o‘tadi

Xabarga ko‘ra, ushbu marosimda Toshkent shahridagi Inha universiteti rektori v.b. Muzaffar Jalolov hamda Uchtepa tuman hokimi Shuxrat Otamuxamedov ishtirok etgan.

TIU «High profile education» ta’lim markazi negizida o‘zining akademik dasturlari asosida birgalikda matematika, fizika va ingliz tili fanlaridan tayyorlov kurslarini tashkil etadi.

Tinglovchilarni o‘qitish uchun ta’lim markaziga Inha universitetining xorijiy va mahalliy o‘qituvchilari jalb etiladi. Bu xorijiy tilni yaxshi biluvchilar bilan o‘rganishga sharoit va imkoniyat yaratadi.

«High profile education» markazi tayyorlov kurslarining tinglovchilari universitet qoshidagi uzluksiz ta’lim tayyorlov kurslari tinglovchilari kabi Toshkent shahridagi Inha universitetiga kirishda teng imkoniyatlarga va imtiyozlarga ega bo‘ladi.

Ushbu filialning ochilishi yoshlarni ta’limga jalb etish hamda ularning bilimga bo‘lgan qiziqishini oshirish, ko‘proq tumanlarni qamrab olish va sifatli kadrlarni tayyorlashga kuchli turtki beradi.

O‘QING: Toshkentda ilk bor o‘tkazilayotgan EPAM Insider anjumaniga marhamat – ishtirok etish bepul!

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!