Inhaning 100 nafar bitiruvchisi Koreyaga jo‘nab ketdi

Inhaning 100 nafar bitiruvchisi Koreyaga jo‘nab ketdi

Toshkent shahridagi Inha universiteti (IUT)nining 4-kurs talabalari tahsilni davom ettirish uchun Janubiy Koreyaga jo‘nab ketishdi. Loyiha Toshkent shahridagi Inha universiteti hamda Janubiy Koreyadagi Inha universitetlarining 2018 yilga qadar IUT ning “Kompyuter va dasturiy injiniring” fakulteti talabalarini bir akademik yil davomida Inchxonda tahsil olishlari yuzasidan kelishuvlari asosida tashkil etilmoqda.

O‘zbekistonlik bo‘lajak IT-mutaxassislar joriy yilning dekabriga qadar jahonning nufuzli axborot texnologiyalari universitetlaridan biri bo‘lgan ta’lim maskanida soha sirlarini o‘rganish imkoniga ega bo‘ladilar. Ahamiyatli jihati talabalar loyiha sarf-xarajatlaridan ozod qilinishgan.

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri, Toshkent shahridagi Inha universitetining birinchi rektori Sherzod Shermatovning fikricha, talabalarga so‘nggi kurslarini Koreyadagi Inha universitetida o‘qishlari qator afzal jihatlarga ega.

Jumladan, Koreya misolida zamonaviy xorijiy ta’lim muhitini his qiladilar. Talabalar o‘zlarining qiziqishlari va mutaxassisliklari bo‘yicha ixtisoslashgan kurslarni tanlash imkoniga ega bo‘ladilar. Talabalar Koreya Inha universitetining ilmiy-texnik laboratoriyalari va boy axborot resurslaridan foydalanish huquqiga ega bo‘ladilar. Qolaversa, o‘zbekistonlik yoshlar Koreyaning IT-kompaniyalarida amaliyot o‘tab, sohaning eng so‘nggi yangiliklarini o‘zlashtirishadi. Xalqaro talabalar bilan muloqotda bo‘lish esa yoshlarimizga dunyoqarashlarini kengaytirish va jahonga chiqish imkonini beradi.

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!