Innovatsion Galaxy Tab S3 sotuvga chiqmoqda

Innovatsion Galaxy Tab S3 sotuvga chiqmoqda

Samsung kompaniyasi tomonidan joriy yilning fevralida o‘tkazilgan MWC 2017 — Jahon mobil kongressida taqdim qilingan Galaxy Tab S3 plansheti nihoyat rasman gadjetlar bozoriga chiqarilmoqda.

9.7 dyuymli Super AMOLED matritsa va QXGA (2048×1536 pikselli) displeyga ega planshet 4 yadroli, 2.15 Ggs chastota tezligiga ega Snapdragon 820 protsessori, Adreno 530 videokartasida faoliyat ko‘rsatadi. Gadjetning tezkor xotira sig‘imi 4 gigabaytni, doimiy xotirasi 32 gigabaytni tashkil qiladi. Doimiy xotirani MicroSD xotira kartasi orqali 256 GB.gacha kengaytirish mumkin.

Galaxy Tab S3 Android 7.0 (Nougat) boshqaruvida ishlaydi. Uning 4 tomonida AKG brendiga mansub stereo ovoz karnaylari mavjud. Planshet S Pen qalamchasini qo‘llab-quvvatlaydi.

Tablet g‘ilofini va klaviaturani unga quyi qismidagi magnit ulagich orqali biriktirish mumkin. Klavishlar oraligi 1.5 mm bo‘lib, terishga qulay.

Samsung Galaxy Tab S3 devaysi 13 megapiksell bosh va 5 MP old kamera bilan ta’minlangan. Unda barmoq izlari skaneri ham o‘rnatilgan. Planshetning 4G LTE hamda WiFi 802.11 ac aloqa tarmolarida ishlaydigan talqinlari bor. Shuningdek, planshet Bluetooth 4.2, GPS, GLONASS, USB 3.1 standartlarini qo‘llab-quvvatlaydi.

Type-C universal portiga ega gadjetning elektr sig‘imi 6000 mA soat va u tezkor quvvat olish texnologiyasi bilan ta’minlangan.

O‘lchamlari: 169 x 237.3 x 6 mm; vazni: 429 gramm,

Samsung Galaxy Tab S3 qora va kumush rangli korpuslarda ishlab chiqariladi. Uning WiFi talqini $ 717, LTE talqini $ 812 dollardan sotuvga chiqariladi.

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!