Innovatsion rivojlanish vazirligida yangi tayinlovlar

Innovatsion rivojlanish vazirligida yangi tayinlovlar

Hukumat qarori bilan Sharof Raximberdiyevich Rajabbayev Innovatsion rivojlanish vazirining birinchi o‘rinbosari vazifasini bajaruvchi, Oybek Kabiljanovich Norinbayev esa Innovatsion rivojlanish vazirining o‘rinbosari vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi. Bu haqda “Huquqiy axborot” kanali ma’lum qildi.

Ma’lumot o‘rnida aytish kerakki, Innovatsion rivojlanish vazirligi ilg‘or xorijiy tajriba, jahon fanining zamonaviy yutuqlari, innovatsion g‘oyalar, ishlanmalar va texnologiyalar asosida iqtisodiyotning barcha tarmoqlari va ijtimoiy sohani jadal innovatsion rivojlantirishni ta’minlash maqsadida tashkil etilgan.
O‘QING: Toshkentda Yandex.Mahalla xizmati ishga tushirildi

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!