Innovatsion supurgi yaratildi – endi xokandozning keragi yo‘q!

  •   DiMaX
  •  956
  •  07.03.2019 08:02

Innovatsion supurgi yaratildi – endi xokandozning keragi yo‘q!

KickStarter kraudfanding platformasida uy tozalovchi universal jihoz paydo bo‘ldi. Bu – supurib yig‘ilgan changlarni so‘rib ham oluvchi supurgidir.

O‘QING: Kelinlarga ajoyib sovg‘a: robot-changyutgich Xiaomi Mi Robot Vacuum

Vabroom deb ataluvchi mazkur moslama tashqi ko‘rinishidan zamonaviy supurgilardan aytarli farq qilmaydi, lekin unda xona supurayotganda xokandoz zarur bo‘lmaydi. Chunki ushbu innovatsion supurgi ichida kichkina motorchasi bo‘lib, maxsus trubkaga ulangan. Bitta tugmachani bosish bilan bu trubka xuddi mini-changyutgich kabi ishlay boshlaydi.

Yangicha supurgi yordamida changlarni polda bir joyga yig‘ib, changyutgich trubachasi orqali o‘zidagi maxsus kichkina konteynerga so‘rdirib olinadi. Keyin esa uni yana bitta tugmachasini bosish orqali chiqindilar chelakchasiga bo‘shatish kerak.

 

To‘g‘ri, Vabroom baribir to‘laqonli changyutgich o‘rnini bosa olmaydi, lekin polga biror nima sochilganida, kichkinaroq tozalash ishlarida u juda qo‘l keladi. Bundan tashqari, innovatsion supurgi akkumulyatordan quvvat olib, umuman shovqinsiz ishlaydi.

Ushbu jihoz uchun KickStarter’da 35 dollar evaziga oldindan buyurtma berish mumkin. Buyurtmachilarga uni shu yilning oktyabrida yetkazib berishni va’da qilishyapti.

O‘QING: Changyutkich xarid qilishda nimalarga e’tibor berish kerak?

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.