Innovatsiya markazi logotipini o‘zgartirdi

Innovatsiya markazi logotipini o‘zgartirdi

"Mirzo Ulugbek Innovation Center" innovatsiya markazi o‘z rasmiy saytidagi logotipini yangiladi.

Лого ўзгарди: Аввал инглизча эди, энди русча бўлди

Ma’lum bo‘lishicha, ayni paytda sayt (www.muic.uz) redizayn qilinmoqda. Hozircha, saytning barcha tildagi talqinlariga (ruscha, o‘zbekcha, inglizcha) rus tilidagi logotip qo‘yilgan.

Ma’lumot o‘rnida aytish kerakki, Prezidentning 2017 yil 30 iyundagi «O‘zbekiston Respublikasida axborot texnologiyalari sohasini rivojlantirish uchun shart-sharoitlarni tubdan yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Farmoni hamda Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 15 avgustdagi «Axborot texnologiyalarini ishlab chiqish va joriy qilishni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha «Mirzo Ulugbek Innovation Center» innovatsiya markazi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori asosida Mirzo Ulug‘bek nomidagi innovatsiya markazi tashkil etilgandi.

O‘QING: Endi davlat organlari xodimlari maxsus mobil aloqadan foydalanadi