“INNOWEEK” haftaligi o‘z ishini boshladi

“INNOWEEK” haftaligi o‘z ishini boshladi

22 oktyabr kuni O‘zbekiston Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan tashkil qilinayotgan “INNOWEEK” innovatsion g‘oyalar haftaligi “O`zEkspoMarkaz” milliy ko‘rgazmalar kompleksida o‘z ishini boshladi. Haftalikda chet el ilmiy-innovatsion markazlari, investitsion jamg‘armalari, texnologik agentliklari, texnoparklari ishtirok etmoqda, deb yozadi turon24.uz.

Haftalik dasturining birinchi kunida Yoshlar press klubida O‘zbekiston Innovatsion rivojlanish vazirligi rahbariyati, xodimlari hamda mahalliy, xalqaro jurnalistlar ishtirokida brifing o‘tkaziladi.

Kun dasturiga ko‘ra, jurnalistlar Genomika va bioinformatika markazi, D.M.S. innovatsion klinikasi, Innovatsion rivojlanish vazirligi huzuridagi Ilg‘or texnologiyalar markazi hamda “Avtosanoat” innovatsion markaziga borishi rejalangan.