Instagram’da endi izohlarni nazorat qilish mumkin

Instagram’da endi izohlarni nazorat qilish mumkin

Instagram’ning rasmiy blogida xabar berilishicha, endilikda postdagi izohlarni yangi funksiya yordamida nazorat qilish imkoniyati paydo bo‘ldi. Funksiya yordamida foydalanuvchilar o‘zlari haqoratli yoki noo‘rin deb hisoblagan so‘z va iboralarni belgilashlari mumkin.

Natijada ushbu opsiya tufayli foydalanuvchi tomonidan taqiqlangan so‘zlar postdagi izohlardan yashiriladi.

Funksiyani Instagram sozlamalarida “oltilik” tugmasiga bosish orqali faollashtirish mumkin.

Servis foydalanuvchilari o‘zlariga qarashli mana shunday so‘zlar o‘rin olgan ro‘yxatni tuzish yoki standart sozlamalar yordamida ushbu ro‘yxatdan foydalanish imkoniyatiga ega. Ushbu yangilik servisda mavjud bo‘lgan moderatsiya vositalariga (izohlarni o‘chirish, noo‘rin izohlar haqida xabar berish, akkauntlarni bloklash) qo‘shimcha opsiya sifatida paydo bo‘ldi.

Instagram rahbari Kevin Sistorning aytishicha, servis bunday yangi opsiyalar yordamida foydalanuvchilarni turli noo‘rin tanqid va izohlardan saqlash maqsadida.

Izohlarni nazorat qilish funksiya 12-sentyabrdan boshlab servisning Android va iOS 9,3 versiyasida paydo bo‘ladi.

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!