Instagram’da endi tasvirlarni kattalashtirish mumkin

Instagram’da endi tasvirlarni kattalashtirish mumkin

Instagram’ning  Twitter’dagi sahifasida ilovaning iOS platformasidagi versiyasida endi tasvir va videolarni kattalashtirish imkoniyati mavjudligi to‘g‘risida xabar berilgan. Yangi funksiya Explore menyusidagi lenta, foydalanuvchilar profillari va tasodifiy postlarda ishlaydi. Shuningdek, videolarni ham aynan mana shunday usul yordamida kattalashtirish mumkin.

Endilikda Instagram’dagi tasvirning aniqligi 1 080 pikselni tashkil qiladi. Biroq endi servisda ushbu ko‘rsatkichni yanada oshirish ustida bosh qotirilishi lozim. Chunki tasvirni kattalashtirganda past aniqlikdagi tasvirlarning namoyish sifati keskin kamayishi turgan gap.

Capture

Yuqorida aytilganday, hozircha tasvir va videolarni masshtablash ilovaning iOS versiyasida paydo bo‘lgan. Android versiyaga mazkur funksiya bir necha haftadan keyin tatbiq etilishi ma’lum qilingan.

Eslatib o‘tamiz, servisning mazkur imkoniyatidan foydalanish uchun ilovani so‘nggi versiyaga yangilash talab etiladi.