Instagram’da niqoblar, videoni teskari tartibda joylash va «lastik» paydo bo‘ldi

  •   DiMaX
  •  1122
  •  17.05.2017 12:53

Instagram’da niqoblar, videoni teskari tartibda joylash va «lastik» paydo bo‘ldi

Instagram suratlar ijtimoiy tarmog‘iga yangi funksiyalar joriy etildi. Bular: yuz uchun virtual niqoblar, videoni teskari tartibda e’lon qilish uchun «Peremotka», «Tarix»lar – «Istorii» (Stories) uchun stiker-heshteglar hamda suratlar uchun lastik funksiyalaridar.

Hozircha Instagram’da faqat sakkiztagina niqob mavjud. Bular – tilla va muz tojlar, koala, «aqlli»lar ko‘zoynagi, quyon, kapalak toji, tovus va makiyaj niqoblaridir. Real vaqt rejimida yuzga niqob qo‘ygan holda suratga olish faqatgina «Tarix»lar uchun amal qiladi.

Aytish kerakki, bu kabi niqoblar ko‘plab boshqa ilovalarda, masalan, ICQ’da ham mavjud.

Shuningdek, Instagram’da video namoyishining yangi rejimi paydo bo‘ldi: endi uni «Peremotka» funksiyasi yordamida teskari tartibda e’lon qilish mumkin. Bundan tashqari, o‘z «Tarix»larini interfaol heshtegli stikerlar bilan to‘ldirish imkoni ham mavjud. Bunda uning ustiga bosilganida, o‘sha heshteg bo‘yicha qidiruv funksiyasi ishga tushadi. Suratlar uchun esa «lastik» qo‘shildi.

Yangi funksiyalar ilova 10.21 versiyasiga yangilanganida paydo bo‘ladi. Uni iOS yoki Android tizimli qurilmalar uchun yuklab olish mumkin.

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.