Instagram foydalanuvchilari soni 600 milliondan ortdi

Instagram foydalanuvchilari soni 600 milliondan ortdi

Facebook kompaniyasiga qarashli Instagram servisining foydalanuvchilari 600 milliondan ortdi. Bu haqda bugun Intagram‘ning rasmiy blogida xabar berilgan.

Joriy yilning iyun oyida media xizmat auditoriyasi yarim millionga yetgan edi. Shunday qilib o‘tgan olti oy ichida servis foydalanuvchilari soni yana 100 millionga ko‘paygan.

So‘nggi olti oy mobaynida Instagram jamoasi bir qator yangi funksiyalarni xizmatga tatbiq qildi. Masalan, ular orasiga Instagram Stories, jonli efir va Direct bo‘limida yo‘qoladigan foto/videolarni kiritish mumkin.

Eslatib o‘tamiz, Instagram servisiga 2014 yilning dekabr oyida jami 300 mln foydalanuvchi qo‘shilgan bo‘lsa, 2015 yilning sentyabr oyida ular soni 400 millionga yetgan edi.

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!