Instagram’ga onlayn translatsiya funksiyasi qo‘shildi

Instagram’ga onlayn translatsiya funksiyasi qo‘shildi

Instagram tarmog‘ida navbatdagi yangilik – onlayn translatsiya funksiyasi paydo bo‘ldi. Ushbu funksiya Facebook’dagi eng muhim imkoniyatlardan biri sanalib, uning yordamida real vaqtda olinayotgan video rolikni ijtimoiy tarmoqqa ulashish mumkin.

IXBT saytida yozilishicha, onlayn-translatsiyaning umumiy davomiyligi  1 soatni tashkil qiladi. Translatsiya uchun izohlarni yoqish va o‘chirish imkoniyati ham ko‘zda tutilgan. Onlayn videoni foydalanuvchi translatsiyani faollashtirgan paytdagina ko‘rish mumkin. Ya’ni translatsiyani ko‘rishni keyinga qoldirib bo‘lmaydi.

Bundan tashqari, Instagram Direct bo‘limiga ham yangi funksiya tatbiq etilgan. Endilikda chat va guruh chatlariga ular ko‘rib bo‘lingach o‘chib ketadigan foto va videolarni jo‘natish mumkin. Agar bunday materiallardan skrinshot olinsa, ilova darrov bu borada fayl muallifiga xabar beradi.

Ilovaning Android versiyasini bu yerdan yuklab olishingiz mumkin. Ilovaning iOS versiyasini bu yerdan  yuklab olishingiz mumkin.

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.