Instagram hamma qilgan ishingizni Story qilaverishingizni xohlamaydi

Instagram hamma qilgan ishingizni Story qilaverishingizni xohlamaydi

Instagram qiziqarli hayotimizni dunyo bilan baham ko'rish uchun ajoyib platformadir. Biroq, har doim ham bu daqiqalar lentamizda abadiy qolishini xohlamaymiz va ana shuning uchun ham ijtimoiy tarmoqda Story funksiyasi mavjud. Unga siz kun davomida yuztagacha suratlar va videolar post qilaverasiz, qilaverasiz, qilaverasiz, chunki siz ular 24 soatdan keyin g'oyib bo'lishini bilasiz. Biroq, aftidan Instagram'ga har bir qilgan ishingizni Story qilaverishingiz yoqmaydigan ko'rinadi.

Brazilyalik foydalanuvchining ma'lum qilishicha, Instagram yangicha Story maketi ustida ishlamoqda. Bunda agar kimdir haddan tashqari ko'p Story qo'yadigan bo'lsa, platforma uning faqat uchtagina postlarini ko'rsatadi, qolgan postlarini esa Show All (hammasini ko'rsatish) tugmasi ortiga yashiradi.

Hozirda yangi xususiyat Brazilyadan tashqari yana qaysi davlatlarda sinalayotgani va qachon chiqarilishi noma'lum. Agar Instagram ushbu funksiyani ishga tushiradigan bo'lsa, kontent yaratuvchilari o'zlarining joylayotgan postlarini saralab, tanlab joylashlariga to'g'ri keladi, aks holda obunachilar ularning yashirib qo'yilgan videolarini o'tkazib yuborishlari mumkin.

O'QING: Endi butun boshli YouTube videoni to‘liq ko‘rib o‘tirishga hojat yo‘q!

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.