Instagram`ning yangilanishi jiddiy xatoliklarni keltirib chiqardi

Instagram`ning yangilanishi jiddiy xatoliklarni keltirib chiqardi

Instagram ijtimoiy tarmog‘ida birgina tugmani bosish bilan boshqa akkauntga o‘tish funksiyasi qo‘shilganidan so‘ng jiddiy muammolar yuzaga keldi. Mobil ilovaning yangi talqinida ular boshqa foydalanuvchilarga jo‘natilgan bildirishnoma va xabarlarni qabul qilib ola boshladi, deya ma’lum qildi Android Central.

Keyinroq ma’lum bo‘ldiki, Instagram`da shaxsiy akkauntga ega ikki kishi bitta umumiy profilni yurita boshlashsa, ularning har biri ikkinchi foydalanuvchiga yuborilgan bildirishnoma va xabarlarni qabul qila boshlagan.

Qizig‘i shundaki, o‘zganing xabar yoki bildirishnomasini o‘qish uchun bosgan kishini Instagram o‘zining “to‘g‘ri” shaxsiy akkauntga qayta yo‘naltirib yubormoqda. Biroq bildirishnomalarda ularni qabul qilib oluvchi bilan bog‘liq shaxslar haqidagi ma’lumotlar, shuningdek, izoh yoki shaxsiy xabarning bir qismi mavjud.

Instagram mazkur muammo yuzaga kelganini rasman tasdiqladi. Dasturchilar nosozlik yaqin vaqtlar ichida bartaraf etilishiga va’da bermoqda.

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!