Instagram’da tarqalgan videomurojaat bo‘yicha TIV rasmiy ma’lumot berdi

  •   DiMaX
  •  1028
  •  22.05.2019 08:58

Instagram’da tarqalgan videomurojaat bo‘yicha TIV rasmiy ma’lumot berdi

Keyingi kunlarda Instagram tarmog‘ida noma’lum shaxslarning bir videomurojaati tarqalmoqda. Unda go‘yoki Tyumen shahrida go‘yoki fojiali halok bo‘lgan O‘zbekiston fuqarosi jasadini vatanga jo‘natish uchun mablag‘ yig‘ishda (hisob raqami ko‘rsatilgan) yordam berish so‘ralgan, deb yozadi O‘zA.

O‘QING: Ehtiyot bo‘ling! Internetda firibgarlik ko‘paymoqda

Xabarda keltirilishicha, O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Konsullik-huquqiy departamenti ushbu masala yuzasidan Rossiya IIVning Tyumen viloyatidagi Boshqarmasi bergan xabariga asoslanib rasmiy ma’lumot bergan. Unga ko‘ra, 2019 yilning 1 may kunidan boshlab olingan tezkor ma’lumotlarda O‘zbekiston fuqarosining vafot etgani/halok bo‘lgani to‘g‘risida axborot yo‘q.

Shu munosabat bilan Konsullik-huquqiy departamenti Rossiyaning Ural federal okrugi (Kurgan viloyati, Sverdlovsk viloyati, Tyumen viloyati, Chelyabinsk viloyati, Xanti-Mansiysk avtonom okrugi – Yugra, Yamal-Nenetsk avtonom okrugi) hududida bo‘lib turgan O‘zbekiston fuqarolariga ular zarurat tug‘ilgan holatlarda mamlakatimizning Yekaterinburg shahridagi Bosh konsulxonasiga quyidagi telefon raqamlari orqali murojaat qilishlari mumkinligini eslatib o‘tadi: +7-343-272-31-66, +7-343-272-31-33, +7-965-519-42-22 (WhatsApp va Telegram).

Shuningdek, ma’lum qilinishicha, agarda O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi bo‘lgan yaqin qarindoshingiz yoki tanishingiz chet elda yordamga muhtojligi to‘g‘risida ma’lumotga ega bo‘lsangiz, Tashqi mehnat migratsiyasi agentligiga yoki uning Rossiya Federatsiyasidagi Vakolatxonasiga murojaat qilishingiz tavsiya etiladi.

Ma’lumot uchun:

Rossiya Federatsiyasidagi manzil: Moskva shahri, 1-Kazachiy tor ko‘chasi, 11/2. Murojaat uchun telefon raqami: +7-903-507-76-67.

O‘zbekiston Respublikasida manzil: Toshkent shahri, Qamarniso ko‘chasi, 1-uy. Murojaat uchun telefon raqami: +998-71-202-33-55 (ichki raqam: 16, 17).

O‘QING: Ijtimoiy tarmoqda hokimga tuhmat qilgan shaxs ozodlikdan mahrum etildi

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!