Intel Ginness rekordlari kitobiga kirdi

Intel Ginness rekordlari kitobiga kirdi

Intel kompaniyasi o‘z oldiga antiqa maqsad qo‘ydi: bir odamning bir necha dronlarni bir vaqtda boshqarishi bo‘yicha jahon rekordini o‘rnatish. Bu maqsad amalga oshdi va kompaniyaning muvaffaqiyatli urinishi Genness Rekordlari kitobiga qayd etib qo‘yildi.

Yuz dron, bir kompyuter

Intel kompaniyasi muhandislari rekord o‘rnatish maqsadida maxsus dasturiy mahsulot ishlab chiqdi. Bu dastur yuzta “uchar jism” harakatini bir vaqtda boshqarish imkonini berdi. Mazkur jarayonda kompaniya ajoyib chiroqlar shousini tashkillashtirdi: dronlar orkestr sadolari ostida parvoz etdi. Ya’ni orkestr Betxovenning To‘qqizinchi simfoniyasi ijro qilgan chog‘da dronlar havoga ko‘tarilib, kuyga mos harakatlar bilan turli shakllar, shu jumladan, Intel kompaniyasi logotipini ham aks ettirdi.

Natijada Intel eng ko‘p uchuvchisiz jismlarni bir vaqtda havoda harakatlantirgani uchun rekord o‘rnatdi. Loyiha «Drone 100» nomini oldi va CES 2016 elektronika ko‘rgazmasida rasman namoyish etildi.

Jarayonning maxsus videoroligini Youtube tarmog‘ida tomosha qilishingiz mumkin.

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.