Intel Kaby Lake: yangi Core M3 protsessori taqdim etildi

  •   DiMaX
  •  910
  •  01.05.2017 15:11

Intel Kaby Lake: yangi Core M3 protsessori taqdim etildi

Intel o‘zining Core M3 protsessorini Kaby Lake arxitekturasida yangiladi. Yangi chip Core M3-7Y32 deb ataladi va u o‘tgan yilgi Core M3-7Y30’ning yanada baquvvat versiyasi hisoblanadi.

Aslida unda yangiliklar aytarli ko‘p emas. Yangi Core M3 ham 14-nanometrlik texnologiya bo‘yicha ishlab chiqariladi, to‘rttagacha potokdagi ma’lumotlarni qayta ishlash imkoniyatiga ega bo‘lgan ikkita yadroga ega hamda LPDDR3-1866 va DDR3L-1600 xotiralarini qo‘llab-quvvatlaydi. Uning ichiga o‘rnatilgan grafikani qayta ishlovchi GPU Intel HD Graphics 615 chipi esa 900 MGs.gacha chastotada ishlay biladi (oldingi versiyada 615 MGs edi).

Biroq yangi protsessorda ishlash chastotasi oshirilgan: bazaviy rejimda 1,1 GGs.gacha, «turbo» rejimida esa – 3,0 GGs.gacha (avvalgi versiyada tegishlicha 1,0 va 2,6 GGs edi).

Protsessor atigi 4,5 Vt issiqlik energiyasi (TDP) ajratadi. Ishlab chiqaruvchi bergan ma’lumotlarga ko‘ra, energetik samaradorlikni oshirish uchun mazkur ko‘rsatkich 3,75 Vt.gacha kamaytirilishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, Core M3 seriyasidagi protsessorlar odatda ventilyatorsiz qurilmalarda va energiya tejovchi portativ kompyuterlar – noutbuklar, planshetlar yoki planshet-transformerlarda qo‘llanadi. Protsessor narxi 281 AQSh dollarini tashkil etadi.

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!