Intel kompaniyasi yirik monoblok-planshetni patentladi

Intel kompaniyasi yirik monoblok-planshetni patentladi

Jahon bozorida, asosan, texnologik protsessorlar ishlab chiqarish bilan tanilgan Intel firmasi 2012 yilda 27 dyuymli monoblokni namoyish qilgan edi. Mazkur kompyuter ham elektr tarmog‘idan, ham o‘rnatilgan batareyadan ishlashi bilan barchaning e’tiborinit tortgan. Kuni kecha tarmoqda firmaning mazkur monoblokka o‘xshash qurilmasining tasvirlari paydo bo‘ldi. Aftidan, Intel bundan 4 yil oldin tayyorlagan monoblokini yanada takomillashtirishni maqsad qilgan ko‘rinadi.

4PDA nashrining xabar berishicha, mazkur patentda bo‘lajak qurilmaning dizayni tasvirlangan. Uning texnik ko‘rsatkichlari va boshqa imkoniyatlari borasida hozircha hech qanday ma’lumot mavjud emas. Patentda yirik planshetning yuqori va quyi qismiga dinamik o‘rnatilishi haqida so‘z boradi, xolos. Shuningdek, monoblok/planshet yengil transformatsiya uchun tutqichga ham ega bo‘lishi qayd etilgan.

Hozircha yangi modelga qaysi o‘lchamdagi displey o‘rnatilishi noma’lum. Intel ushbu qurilmani kelasi yil boshida o‘tkaziladigan xalqaro ko‘rgazmalarning birida taqdim etishi taxmin qilinmoqda.