Intellektual mulk bozorini shakllantirish va rivojlantirishni tartibga solishga qaratilgan bitim imzolandi

Intellektual mulk bozorini shakllantirish va rivojlantirishni tartibga solishga qaratilgan bitim imzolandi

Prezident qarori bilan 2018 yil 1 iyun kuni Dushanbe shahrida MDH ishtirokchi-davlatlarning hukumat rahbarlari Kengashi yig‘ilishida imzolangan Bitim tasdiqlandi. Bu haqida Adliya vazirligining “Huquqiy axborot” kanali ma’lum qildi.

Ma’lumot o‘rnida aytish kerakki, ushbu bitim Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi ishtirokchi-davlatlarining intellektual mulk bozorini shakllantirish va rivojlantirishni tartibga solishga qaratilgan.

Mazkur xalqaro shartnomani amalga oshirish uchun Intellektual mulk agentligi mas’ul markaziy organ etib belgilandi.​​
O‘QING: O‘zbekiston internet xavfsizligi to‘g‘risidagi Parij chaqirig‘ini qo‘llab-quvvatladi

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.