Interaktiv xonadon

Interaktiv xonadon

Odam qayerda bo‘lishidan qat’i nazar, ochiq osmonni va nur sochib turgan quyoshni ko‘rishni istaydi. Yorug‘liq xonalarga o‘ziga xos fayz va shinamlik bag‘ishlaydi. Shu bois evropalik mutaxassislar to‘rt tomoni devordan iborat derazasiz xonalarda quyosh nurlarini aks ettirish ustida ish olib borishyapti.

Uskuna yordamida yomg‘ir yog‘ayotgan paytda ham tiniq osmon va quyosh nurlari manzarasi hosil qilinadi. Oddiy yoritish uskunalari esa xonaga bunday ko‘rk bag‘ishlamaydi.

CoeLux

“Biz bu yerda gamma nurlar muolajasini o‘tkazamiz. Ushbu bo‘lim tashqi olamdan butunlay himoyalangan. Bemorlar to‘rt tomoni devordan iborat derazasiz xonalarda o‘zini erkin his qilish uchun kunduzni yorug‘liq juda zarur edi. Mazkur texnologiya aynan shunday xonalarning tashqi olam bilan hamohang bo‘lishini ta’minlaydi”, – deydi Neyroxirurg Pero Pikotssi.

Endilikda mutaxassislar diod chiroqlardan tashkil topgan virtual oynalarni nafaqat shifoxonalar, uylarning xonalari, balki lift, avtomobil, kema kayutalari, poyezdlar va samolyotlarga ham o‘rnatishni rejalashtirishyapti.

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!