Internetdagi kuzatuvchilardan himoya qiluvchi eng ishonchli brauzer qaysi?

Internetdagi kuzatuvchilardan himoya qiluvchi eng ishonchli brauzer qaysi?

Kuni kecha Safari brauzerining 13.1 versiyasi chiqarildi. Yangi brauzerda uchinchi tomon kukilarini bloklash xususiyati kucahytirilgan bo‘lib, bu bilan foydalanuvchilarning veb-faoliyati kuzatib borilishining oldi olinadi.

Shunday qilib, Apple'ning veb-brauzeri uchinchi tomon kuzatuvchilardan himoyalanish uchun eng yaxshi tanlovga va uchinchi tomon kukilarini butunlay bloklovchi ilk brauzerga aylandi.

Brauzerga kiritilgan so‘nggi o‘zgarishlar bilan WebKit dasturchilar blogida tanishishingiz mumkin, lekin post veb-dasturchilarga mo‘ljallangani uchun ma’lumotlar oddiy o‘quvchining tushunishi uchun biroz murakkab.

Quyida esa asosiy ma’lumotlar bilan tanishtirib o‘tamiz. Safari'ning Kuzatuvning oldini olish aqlli (ITP) funksiyasi endilikda avtomatik ravishda barcha uchinchi tomon kukilarini bloklaydi. 2017-yilda joriy qilinganida, ITP'ga bir necha istisno holatlari kiritilgan edi. Ammo bu vebsaytlarga foydalanuvchilarni kuzatish imkonini yaratib bergan.

Yangi versiya bilan esa barcha kukilar butunlay bloklanadi va bunda hech qanday istisno holatiga yo‘l qo‘yilmaydi.

Bu yangilanishlar muhim qadam hisoblanadi. Umid qilamizki, boshqa kompaniyalar ham kelajakda Apple'ning yo‘lini tutadi. Google'ning ma’lum qilishicha, kompaniya 2022-yilga qadar Chrome’da ham xuddi shunday funksionallik joriy qilishni rejalashtirmoqda. Vaholanki, Brave va Tor kabi foydalanuvchi anonimligi jihatidan taniqli bo‘lgan boshqa brauzerlar kukilar borasida hali ham oqsaydi.

Safari'dan boshqa brauzerdan foydalangansangiz ham, qo‘shimcha kengaytmalar, masalan, VPN orqali veb-faoliyatingizni xavfsiz qilib olishingiz mumkin. Ammo bu kabi funksiyalar brauzerning o‘zida bo‘lsa, nur ustiga a’lo nur bo‘ladi.

O‘QING: Cookies-fayllar nima, ularni nega va qanday qilib o‘chirish kerak?