Intizomiy komissiya moduli dasturi yaratildi

Intizomiy komissiya moduli dasturi yaratildi

O‘zbekiston Respublikasi intellektual mulk agentligi axborot xizmatining ma’lumotlariga ko‘ra, “O‘zbekiston Respublikasi tovar-xomashyo birjasi” aksiyadorlik jamiyati xodimlari “Intizomiy komissiya moduli” EHM dasturini ishlab chiqdi.

Mazkur dastur tizim bo‘linmalarining intizomiy komissiyaga murojaatlarini, bo‘linmalar o‘rtasidagi ma’lumotlar almashinuvi jarayonini va birja a’zolari bilan o‘zaro munosabatlarni avtomatlashtirish uchun mo‘ljallangan.

Modul intizom buzilishi sodir bo‘lgani haqidagi ma’lumotlarni avtomatik tarzda yuklash va ko‘rib chiqish, SMS-xabarlar yuborish(intizom buzilishi sodir bo‘lgan barcha kelishuv muhokamasida qatnashayotgan tomonlarga vaqt va sanani belgilash), intizom komissiyasining qarori haqida sotuvchi/xaridorga pochta orqali ma’lum qilish, komission yig‘im va jarimaning hisob-kitobi, tartib buzuvchi broker kontoralarning muayyan raqami bo‘yicha pul mablag‘larining mavjudligi to‘g‘risida birja savdosi tizimiga kundalik so‘rov yuborish, qarz to‘lanishiga qarab, brokerlik kontoralarini birja savdosida qoldirish yoki o‘chirish kabi imkoniyatlarga ega, deyiladi ma’lumotda.

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!