iOS 10.3’da diagnostika rejimiga kirish «darchasi» topildi!

  •   DiMaX
  •  877
  •  04.04.2017 16:53

iOS 10.3’da diagnostika rejimiga kirish «darchasi» topildi!

Ba’zida sinab ko‘ruvchilar iOS beta-versiyalarida uchratgan kashfiyotlar kishini hayratga soladi. Masalan, yaqinda shunaqa testerlardan biri iOS 10.3 versiyasida «maxfiy» diagnostika rejimiga kirish darchasini topib olgan.

iPhone yoki iPad’da diagnostika rejimini yoqish uchun qurilmani o‘chirish, keyin quvvatlashga qo‘yish lozim. Shundan so‘ng esa darhol Home va ovozni balandlatish tugmachalarini baravariga bosasiz. Yangi iPhone 7 va iPhone 7 Plus modellarida esa bularga qo‘shimcha tarzda ovozni pasaytirish tugmachasini ham bosish kerak bo‘ladi.

Bunda  faollashtiriladigan diagnostika rejimi odatda iOS’ning beta-versiyalarida muammolarni maxsus dasturiy ta’minot yordamida ko‘rish uchun ishlatiladi. Umuman olganda, oddiy foydalanuvchiga uning hech bir amaliy ahamiyati yo‘q. Professional testerlar, agarda yetarlicha tajribangiz bo‘lmasa, maxfiy rejimlarga kirmaslikni tavsiya etishadi.

Terabayt.Uz sayti ham, mazkur amallarni bajarish oqibatida kelib chiqishi mumkin bo‘lgan salbiy holatlar uchun o‘zingiz javobgar bo‘lishingizni eslatib o‘tadi.

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!