iOS 11: o‘ta ilg‘or yangiliklar barchani ayfon olishga majbur qiladi

iOS 11: o‘ta ilg‘or yangiliklar barchani ayfon olishga majbur qiladi

An’anaga muvofiq, joriy yilning iyunida ham Apple WWDC 2017 anjumani doirasida jahon miqyosida dasturchilarni yig‘ib, iOS mobil operatsion tizimining keyingi avlodini sinov tariqasida ishga tushiradi. Undan so‘ng kompaniya 3 oy davomida dasturchilar bilan ularni takomillashtirish choralarini ko‘radi.

Rasmiy anonsga qadar yangi platformaning o‘ziga xos jihatlariga qisqacha to‘xtalib o‘tsak. Apple navbatdagi iOS 11 tizimidagi qator yangi funksiyalar bilan foydalanuvchilarini hayratda qoldirishni reja qilgan.

1. “FaceTime” guruhli video qo‘ng‘iroqlarda 5 tagacha abonent ishtirok etishi mumkin bo‘ladi. Natijada, boshqa video qo‘ng‘iroq imkoniga ega messenjerlardan foydalanishga zarurat qolmaydi.

2. Brend foydalanuvchilari o‘rtasida Apple Pay to‘lovlari yo‘lga qo‘yiladi. Apple o‘zining Wallet to‘lovlar ilovasini qayta shakllantirib, Pay deb nomlaydi va ijtimoiy funksiya bilan boyitadi. Ya’ni, ilovada yangiliklar lentasi paydo bo‘ladi. Yangi Pay ilovasi iMessage ilovasi bilan bog‘lab qo‘yiladi. Natijada, foydalanuvchilar ushbu messenjer orqali ham mablag‘ oldi-berdisini amalga oshirishlari mumkin.

3. FaceTime Audio qo‘ng‘iroqlari iPhone foydalanuvchilari uchun standart aloqa tizimiga aylanadi. Ya’ni, iPhone qurilmasidan boshqa iPhone qurilmasiga qo‘ng‘iroq qilganda ushbu aloqa mobil aloqa operatori tarmog‘ida emas, avtomatik ravishda FaceTime ilovasi orqali o‘rnatiladi. Bu esa ovozni yanada sifatli olib uzatish imkonini beradi. Apple’ning bu imkoniyati mobil aloqa operatorlarini xursand qilmasligi aniq. Boshqa brenddagi telefonlarga qo‘ng‘iroq qilganda bunday imkoniyat bo‘lmaydi.

4. Akkumulyator quvvatini tejaydigan, avtomatlashgan aqlli rejim. iPhone qurilmasidagi “aqlli” tizim o‘zining egasining smartfondan foydalanish bilan bog‘liq odatlarini tadqiq qiladi, o‘rganadi. Shunga ko‘ra, bu tizim batareya quvvatini tejaydi. Misol uchun, foydalanuvchi Wi-Fi mavjud hududga kirganida uning ayfonidagi quvvat 20% dan kam bo‘lsa, quvvatni tejash rejimi avtomatik ravishda ishga tushib ketadi.

5. O‘z-o‘zini ishga tushiradigan quvvat tejash rejimi. Apple v iOS 11 mobil qurilmadagi quvvatning uzoqqa yetishiga alohida urg‘u qaratadi. Quvvat tejaydigan ilk rejim iOS 9’da tatbiq qilingan: bunda vizual effektlarni qisqartirish va fon suratlarini yangilash kabi “og‘ir” jarayonlarni cheklash orqali quvvat tejaladi. Buning uchun uni sozlamalar orqali yoqish kerak bo‘ladi. iOS 11 texnologiyasi esa rejim avtomatik tarzda ishga tushadi.

iOS 11 anonsi 5 iyunda WWDC 2017 anjumanida bo‘lib o‘tadi. Platforma kuzdan boshlab barcha uchun foydalanishga ochiladi va yangilangan operatsion tizimni yuklab olish mumkin bo‘ladi.