iOS 16 tizimiga o‘tganlar yana bir muammodan shikoyat qilishmoqda

iOS 16 tizimiga o‘tganlar yana bir muammodan shikoyat qilishmoqda

Ikki hafta oldin Apple o‘z smartfonlariga yangi iOS 16 operatsion tizimini tarqatishni boshlab yuborgan edi. Shundan beri foydalanuvchilar yangi tizim smartfon quvvat samaradorligiga salbiy ta’sir o‘tkazgani haqida tinimsiz shikoyat qilishmoqda. 

Odatda dastur yangilangandan so‘ng smartfon quvvati vaqtinchalik tez tugab qolishi mumkin. Biroq bu yerda boshqa bir muammo borga o‘xshaydi, chunki iOS 16 tizimining chiqqaniga ikki hafta bo‘ldi. 

iPhone'ni iOS'ning yangi versiyasiga yangilaganganda, odatda ushbu yangilanishdan so‘ng akkumulyatorning ishlash muddati vaqtinchalik qisqaradi. Buning sababi iOS fonda fayl, rasm va ilovalarlarni qayta indekslash ishlarini olib boradi.

Bunday holat ayniqsa iOS 16 kabi katta hajmli yillik yangilanishni qabul qilgandan keyin kuzatiladi. Odatdan qurilmalarning quvvatini tez tugab qolishi haqidagi shikoyatlar yangi dastur kelishi bilan bo‘ladi. Fonni qayta indekslash tugallangandan so‘ng shikoyatlar kamayishni boshlaydi. Biroq bu yilgi yangi dastur chiqqaniga ikki hafta bo‘ldiki shikoyatlar kamaygani yo‘q. Ko‘plab foydalanuvchilar iOS 16 iPhone'larning akkumulyator avtonomlik muddatini kamaytirib yuborganiga amin bo‘lmoqdalar.

Reddit, TikTok, Twitter kabi ijtimoiy tarmoqlar minglab iPhone foydalanuvchilarining shikoyatlariga to‘lib ketdi. Ushbu foydalanuvchilar iOS 16 tizimiga o‘tganlaridan so‘ng qurilmalarining quvvati tez tugab qolayotganini aytishmoqda. Shuningdek, tarmoqlarda Apple kompaniyasi foydalanuvchilar yangi iPhone 14 modellarini sotib olishi uchun atayin eski qurilmalarning akkumulyator quvvatini pasaytirgan degan gap-so‘zlar yuribdi. 

9to5Mac saytidagi so‘rovda 63% iPhone foydalanuvchilari iOS 16 tizimiga o‘tganlaridan so‘ng ularning qurilmalari quvvati tez tugab qolayotgani ma’lum qilishdi. 

Apple ayni damda foydalanuvchilarining smartfon quvvati bilan bog‘liq muammolariga izoh bermadi. Bir necha kun oldin kompaniya iOS 16.0.2 tizimini chiqardi. Ammo unda akkumulyator quvvatining muddatini yaxshilash haqida hech qanday gap aytilmagan. iOS 16.1 ham hozirda beta-sinovida bo‘lib turibdi.

O‘QING: iPhone 15 smartfonlari portida muhim o‘zgarish bo‘ladi 

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!