iOS blokirovka ekranidagi vidjetlarni o‘chiramiz

  •   DiMaX
  •  1025
  •  18.01.2017 19:14

iOS blokirovka ekranidagi vidjetlarni o‘chiramiz

iOS operatsion tizimining 10-versiyasida ekranni blokdan chiqarish uchun Home tugmachasini bosish kerak bo‘ladi. Odatdagi ekranni o‘ng tomonga silash harakati bilan esa kalendar, ob-havo va boshqa ma’lumotlarni aks ettiruvchi vidjet ochiladi. Bu bo‘lsa maxfiylik nuqtai nazaridan unchalik yaxshi emas, yana noqulay ham.

Layfxaker elektron nashri bu noqulaylikdan qutulish yo‘lini ko‘rsatadi.

Apple foydalanuvchilarga qulaylik yaratish maqsadida qurilmani blokdan chiqarish mexanizmini o‘zgartirgan, natijada «bo‘shab» qolgan harakat – ekranni o‘ng tomonga silash amalini yuqorida ta’kidlangan vidjetni chaqirish uchun qo‘llagan. Ammo o‘z gadjetidagi ma’lumotlarning maxfiyligini muhim deb biluvchilar uchun bu yangilik juda noma’quldir, chunki ushbu vidjetdan Spotlight qidiruviga, kalendardagi voqealarga, Siri xizmatlariga va ovozli yordamchiga ham ulanish mumkin. Qisqasi, qurilmangiz begona qo‘lga tushib qolsa…

Baxtimizga, bunaqa shaxsiy ma’lumotlarni blokirovka ekranidan olib tashlash unchalik qiyin emas:

  1. Tizim sozlamalarini ochib, «Touch ID i kod-parol» bo‘limiga o‘ting.
  2. Unda «Dostup s blokirovkoy ekrana» tumblerlar blogini toping.
  3. «Segodnya» va «Prosmotr uvedomleniy» tumblerlarini o‘chirib qo‘ying.

 

Shundan keyin  blokirovka ekranida barmoq bilan o‘ngga silashda hech qanaqa funksiya ham, vidjet ham ishga tushmaydi. Bu bildirishnomalarga ham tegishli: shu bilan u ham ishlashdan to‘xtaydi. Qarabsizki – olam guliston!