iPad (2018) birinchilardan bo‘lib Rossiyada sotuvga chiqarildi

iPad (2018) birinchilardan bo‘lib Rossiyada sotuvga chiqarildi

2018 yilning mart oyi yakunida Apple kompaniyasi o‘zining yangi iPad (2018) planshetini namoyish qilgan edi. Bu planshet aksariyat texnik jihatlari bilan iPhone 7 flagmanini eslatib yuboradi.

9,7 dyuymli, 1536x2048 piksel sig‘imli displey o‘rnatilgan. iPad 2018 4 ta yadroli Apple A10 Fusion protsessoriga ega bo‘lgan hamda bu devays Apple Pencil qalamchasini qo‘llab-quvvatlaydi.

Planshet to‘liq quvvat bilan 10 soat mobaynida foydalanuvchiga beminnat xizmat qiladi.

Mazkur devays kompaniya tarixidagi eng arzon planshet kompyuteri bo‘ldi. Buning asosiy sababi Apple joriy yildan boshlab AQSh ta’lim tizimining bosh hamkoriga aylandi va ta’lim muassasalarida ta’lim sifatini oshirishga yordam beradi. Planshetning 32 gigabaytli doimiy xotiraga ega talqinini maktablar 299 dollardan xarid qilishlari mumkin.

6 aprelda Apple kompaniyasi planshetni Rossiyada ham sotuvga chiqardi. iPad (2018) devaysining Rossiyadagi narxlari:

32 GB (faqat Wi-Fi tarmog‘ida ishlaydi) talqini – 432 AQSh dollari;
128 GB (faqat Wi-Fi tarmog‘ida ishlaydi) – 553 AQSh dollari;
32 GB (Wi-Fi + mobil aloqa tarmog‘ida ham ishlaydi) – 605 AQSh dollari;
128 GB (Wi-Fi + mobil aloqa tarmog‘ida ham ishlaydi) – 727 AQSh dollari.

Ha, afsuski, hamyonbop deb jar solingan planshetga xalqaro bozorda insofsizlarcha narx qo‘yilgan. Misol uchun, Devaysning Wi-Fi talqinining AQSh dagi narxi 329 AQSh dollaridan boshlanadi. AQSh maktab va universitetlari uni chegirma bilan – 299 dollarga ham olish imkoniyatiga egalar.

Planshet uchun zarur Apple Pencil qalamchasini alohida 99 dollardan xarid qilish kerak bo‘ladi.

Apple iPad (2018) planshetining o‘ziga xos jihatlari bilan tanishing:
Apple tarixidagi eng arzon iPad nega "ideal" planshet?

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!